Ma’lum qilinishicha, 16-noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17—18-noyabr kunlari respublikaning barcha hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi.

16—17-noyabrda respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda changli bo‘ron bo‘ladi.

 

16-noyabrda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 17-noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi, 17—18-noyabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha harorat keskin pasayishi kutilmoqda. 16—17-noyabrda shimolda, 17—18-noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida harorat kechalari 5-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 12-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi.