Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

#jarayon

Urganch tumanida O‘zbekiston Respublikasi  davlat mustaqilligining 30 yilligiga munosib tayyorgarlik koʻrish hamda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 10 fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishchi guruhi oʻz faoliyatini tuman tibbiyot birlashmasida davom ettirdi.

 

Ish hujjatlarni yuritishda davlat tiliga rioya qilinish holati oʻrganilib, mas'ul xodimlarga tashqi reklama vositalari, peshlavha va boshqa axborot matnlarining davlat tiliga muvofiqligini ta'minlash bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Oʻrganish davomida davlat tili me'yorlariga javob bermaydigan  bannerlar va boshqa koʻrsatmali vositalarni olib tashlash tavsiya etildi.

Mazkur tadbir tuman hududi boʻylab davom ettiriladi.