Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

      Miroblar mahallasida noqonuniy tuproq qazib olganlik holati aniqlandi


Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch tuman Miroblar mahallasida yashovchi fuqaroning dala tomorqasidan tuproq qazib olib ketilganligi toʻgʻrisida tarqatilgan videolavha yuzasidan shuni ma'lum qilamizki, videoda ko'rsatilgan hududdagi dala tomorqa E.Odilovga tegishli bo’lib, u yerdan 160 kv.m tuproq qazib olib ketilganligi ma’lum bo’ldi.

     Urganch tuman Qishloq xo’jaligi bo’limi videolavhaga asosan o’rganish ishlarini olib borganda, tuproq sifatini aniqlash xaritasi bo’yicha 60,8 ball bonitetli qishloq xo’jaligida foydalaniladigan ekin yerlari sirasiga kirishi aniqlandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 maydagi 146-sonli qarorining 55-bandiga asosan davlatga iqtisodiy zarar yetkazganligi uchun H.Madaminovga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib 12 640 909 so’m miqdorda jarimaga tortildi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati