Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

LOYIHA

 

Urganch tumani hokimining
QARORI

 

Tumanda o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan umumiy foydalanishni tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida

 

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunining 6 va 25-moddalari, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan
foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 8, 12-moddalariga muvofiq, Vazirlar
Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan
“O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan
foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi
Nizomning 7-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida,
Q A R O R Q I L A M A N:
1. Quyidagilar:
O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan umumiy foydalanish tartibi (keyingi
o‘rinlarda -Tartib) 1-ilovaga;
Jismoniy shaxslarning hayotiy zarur ehtiyojlari uchun yovvoyi holda
o‘suvchi o‘simlik dunyosi ob’ektlarini, ularning qismlari, mevalari
va mahsullarini atrof tabiiy o‘sish muhitidan umumiy foydalanish uchun ajratib
olish me’yorlari (keyingi o‘rinlarda – Me’yorlar) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Urganch tuman
inspeksiyasi (J.Sabirov) jismoniy shaxslar tomonidan o‘simlik dunyosi
e-qaror.gov.uz 13.04.2022
2
ob’ektlaridan umumiy foydalanishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Tartib va
Me’yorlarga amal qilinishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
3. Mazkur qaror “Urganch haqiqati” gazetasida rasman e’lon qilinsin
va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman e’lon
qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari
A.Xujaev zimmasiga yuklansin.

O‘simlik dunyosi obektlaridan umumiy foydalanish
TARTIBI
1. Ushbu Tartib Urganch tuman hududida “Tabiatni muhofaza qilish
to‘g‘risida”gi, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2014
yil 20 oktyabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘simlik dunyosi
ob’ektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida
ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandi
talablariga muvofiq, jismoniy shaxslar tomonidan yovvoyi o‘simliklarning texnik,
dorivor xom ashyosini, shuningdek, yovvoyi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari,
hayotiy zarur ehtiyojlari uchun bepul g‘amlash (yig‘ish)dagi umumiy foydalanish
tartibini belgilaydi.
2. Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik dunyosi ob’ektlarini, ularning qismlari,
mevalari va mahsullarini atrof tabiiy o‘sish muhitidan ajratib olish deganda
o‘simliklarni yig‘ish, terish, g‘amlash hamda o‘sish muhitidan ajratib olmasdan
yoki fenologik kuzatuv, foto-videoga olish, madaniy-ma’rifiy, tarbiya,
sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik zavq olish tushuniladi.
3. Jismoniy shaxslarning xayotiy zarur ehtiyojlari uchun yovvoyi holda
o‘suvchi o‘simlik dunyosi ob’ektlarini, ularning qismlari, mevalari
va mahsullarini atrof tabiiy o‘sish muhitidan umumiy foydalanish uchun ajratib
olish kishi boshiga bir yilga cheklangan miqdorlarda tekin (bepul) amalga
oshiriladi.
4. O‘simlik dunyosi ob’ektlarining biologik xilma-xilligi
va barqaror foydalanilishini saqlash maqsadida, jismoniy shaxslarning hayotiy
zarur ehtiyojlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik dunyosi ob’ektlarini,
ularning qismlari, mevalari va mahsullarini atrof tabiiy o‘sish muhitidan umumiy
foydalanish uchun ajratib olishning kishi boshiga bir yilga tekin amalga
oshiriladigan cheklangan miqdorlari tuman hokimligi tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilankelishilgan holda belgilanadi.
5. Mazkur Tartib asosida umumiy foydalanishda avtomobil
va poezdlarning yo‘l yoqalaridagi va ekologik jihatdan toza hudud
hisoblanmaydigan (avto va magistral yo‘l, har qanday poezd yo‘llari, chiqindilar
oqiziladigan va chiqariladigan hududlar) hududlardagi va yashil zonalardagi
(shahar, qishloq va boshqa aholi punklarida yashil ekinlarni saqlash inson
salomatligi uchun me’yoriy gaz almashinuvini ta’minlash, atmosferada karbonat
angidrid gazining saqlanishini kamaytirish maqsadidagi barcha daraxt va butalar
mevalari) ekologik jihatdan toza mahsulot hisoblanmaydigan yovvoyi holda
o‘suvchi dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklar dunyosi ob’ektlaridan foydalanish
tavsiya etilmaydi.
6. Jismoniy shaxslarning hayotiy zarur ehtiyojlari uchun yovvoyi holda
o‘suvchi o‘simlik dunyosi ob’ektlarini, ularning qismlari, mevalari
va mahsullarini atrof tabiiy o‘sish muhitidan umumiy foydalanish uchun ajratib
olish miqdori davlat zahira yer maydonlarida ushbu Tartibga muvofiq va o‘rmon
xo‘jaligidagi davlat organlari va boshqa idoralar egaligida bo‘lgan davlat o‘rmon
fondi hududidagi o‘simlik ob’ektlaridan umumiy foydalanish (fuqarolar iste’moli
va ehtiyoji uchun) yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda
amalga oshiriladi.
7. O‘simlik dunyosi ob’ektlarining biologik xilma-xilligi
va barqaror foydalanishini saqlash maqsadida, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik
dunyosi ob’ektlarini, ularning qismlari, mevalari va mahsullarini atrof tabiiy
o‘sish muhitidan ajratib olish yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishuv
bo‘yicha foydalanuvchining hayotiy zarur ehtiyojlari bilan kishi boshiga bir yilga
tekin amalga oshiriladigan cheklangan miqdorlarinigina jismoniy shaxslar
O‘zbekiston Respublikasiga bepul olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqishlari
mumkin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan hamda yo‘qolish
xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan halqaro savdo qilish to‘g‘risidagi
konvensiya (SITES) ning I, II, III ilovalariga kirmaydigan yovvoyi holda o‘sadigan
o‘simliklar, ularning qismlari mevalari, urug‘lar va botanika kolleksiyalarini olib
kirish va olib chiqib ketishga ruxsatnomalar olish umumiy foydalanish uchun
belgilangan normalardan oshgan hollarda talab qilinadi.
9. Mazkur Tartib quyidagi o‘simlik ob’ektlariga nisbatan amal qilmaydi

aholi uy va shaxsiy tomorqalari, xususiy yer uchastkalari, qishloq xo‘jaligi
faoliyatini yuritishda maqsadli ekilgan madaniy o‘simliklar, ular mevalari (shu
jumladan daraxt va buta mevalari), tez o‘suvchan daraxt
va butalar mevalari;
yovvoiy o‘simlik dunyosi ob’ektlarini pitomnik va plantatsiyalarda
ko‘paytirilgan turli o‘simlik xillari.
10. O‘zbekiston Respublikasi hududida umumiy foydalanish me’yorlaridan
ortiq va noqonuniy ravishda yig‘ilgan, tayyorlangan, shuningdek sohaga oid qonun
hujjatlari buzilgan holda uning hududiga olib kirilgan yoki olib chiqib ketishga
urinilgan holdagi o‘simlik dunyosi ob’ektlari tartib buzarlardan olib qo‘yiladi
hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasi yoki qo‘mitaning joylardagi hududiy organlari tomonidan ularni
sotish huquqiga ega bo‘lgan savdo tashkilotlariga shartnomaviy narxlar bo‘yicha
sotish uchun beriladi.
11. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi
qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda
intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
12. Jismoniy shaxslar o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan
foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararni
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qoplashlari shart. Zararni
qoplash aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi. 

 

Jismoniyshaxslarninghayotiyzarurehtiyojlariuchunyovvoyiholdao‘suvchio‘simlikdunyosiob’ektlarini, ularningqismlari, mevalari

vamahsullariniatroftabiiyo‘sishmuhitidanumumiyfoydalanish

uchunajratibolish

ME’YORLARI

 

 

T/r

O‘simliklarturi

Ajratibolishme’yorlari,

(kishiboshiga)

1.      

Zira (urug‘i)

10 gramm

2.      

Dorivormoychechak (guli)

50 gramm

3.      

Zirk (mevasi)

10 gramm

4.      

Yovvoyiqizildo‘lana (mevasi)

100 gramm

5.      

Kiyiko‘ti (barchaa’zolari)

25 gramm

6.      

Gazandao‘t (barchaa’zolari)

50 gramm

7.      

Osiyoyalpizi (tanasivabargi)

25 gramm

8.      

Achambiti (tanasi)

50 gramm

9.      

Dastarbosh (gullari)

10 gramm

10.            

Zubturum (bargi)

25 gramm

11.            

Chuchukmiya (ildizi)

100 gramm

12.            

Bo‘ymadaron (gullari)

25 gramm

13.            

Qirqbug‘im (tanasi)

25 gramm

14.            

Na’matak (mevasi)

100 gramm

15.            

Isiriq (barchaa’zolari)

150 gramm

16.            

Gulhayri (ildizi)

100 gramm

17.            

Dalachoy (barchaa’zolari)

25 gramm

18.            

Arpabodiyon (mevasi)

10 gramm

19.            

Marvaridgul (guli, bargi)

25 gramm

20.            

Suvqalampiri (tanasi)

50 gramm

21.            

Tirnoqgul (tanasi)

25 gramm

22.            

Qo‘qa (guli, bargi)

50 gramm

23.            

Ermon (barchaa’zolari)

100 gramm

24.            

Ruyan (barchaa’zolari)

50 gramm

25.            

Sano (barchaa’zolari)

25 gramm

26.            

Chakanda (barchaa’zolari)

100 gramm

27.            

Valeriana (bargi)

100 gramm

28.            

Tog‘rayxoni (tanasi, bargi)

50 gramm

29.            

Donaklioqquray (tanasi)

100 gramm

30.            

Adonis (tanasi, bargi)

25 gramm

31.            

Zamburug‘ (tanasi)

1 kilogramm

32.            

Ravoch (bargbandi)

300 gramm

33.            

Limono‘t (tanasi)

100 gramm

34.            

Sho‘ra (barglari, tanasi)

200 gramm

35.            

Qoqio‘t (tanasi, bargi)

100 gramm

36.            

Marmarak (tanasi, bargi)

25 gramm

37.            

Qaraqat (tanasi, bargi)

25 gramm

38.            

Sachratqi (tanasi, ildizi)

100 gramm