Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

#jarayon
Oʻz tilini asrab-avaylagan xalq oʻzligini ham asrab-avaylaydi
Ona tili shunchaki halqning soʻzlashuv vositasigina boʻlib qolmasdan, ona Vatanga muhabbat, milliy iftixor, ajdodlar yodiga hurmat hamda kelgusi  avlodlar oldidagi burch va mas’uliyat ramzi hamdir.
 “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunning ulkan tarixiy oʻrni va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, 21-oktabr sanasi yurtimizda “O`zbek tili bayrami kuni” deb belgilandi. 


Urganch tumanida hokim maslahatchisi I.Raximova hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari R.Vapayevalar tomonidan davlat tilining nufuzi va mavqeyini oshirish maqsadida olib borilayotgan oʻrganish jarayonlari davom etmoqda. OʻZBEKTELECOM AK Xorazm filiali Urganch tumani boʻlimida olib borilgan oʻrganish jarayonida tashkilot xodimlari bilan suhbat oʻtkazildi. Korxonaning rasmiy blanki, binoning ichki qismidagi axborot matnlari va koʻrsatmali vositalarning davlat tilida boʻlishi lozimligi tavsiya qilindi.