Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

     Ijtimoiy tarmoqlar orqali yoʻllangan videomurojaatda Urganch tumani, Yoshlik mahallasida noqonuniy qurilish ishlari boshlab yuborilganligi aks etgan edi. Murojaat yuzasidan tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi. Holat yuzasidan, Urganch tumani hokimining 30.09.2019 yildagi 6061q-sonli qaroriga asosan fuqaro X.Sharipov Urganch tumani, Qorovul qishlogʻi hududidan “Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shahobchasi” qurish uchun 600,0 kv.metr yer maydoni ajratilgan. Ushbu ajratilgan yer maydoniga Xorazm viloyati yer tuzish va koʻchmas mulk davlat kadastri Urganch tumani filiali tomonidan 10.12.2020 yilda YK-1733217/442166-son bilan yer uchastkasiga kadastr pasporti shakllantirilgan va kadastr yigʻma jildi tayyorlab berilganligi aniqlandi. Shuningdek, qaror asosida “Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi” binosini loyihalashtirish uchun viloyat qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 15.12.2020 yilda 1733-1733217-7420-sonli arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi tayyorlab berilgan va “EAST DESIGN GROUP” xususiy korxonasi tomonidan ishlab chiqish loyiha-smeta hujjatlari arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 05.05.2022 yildagi 43311-sonli xulosasi bilan kelishilganligi aniqlandi.

      Shuningdek, Urganch tuman hokimining 09.12.2020 yildagi 3122q-sonli qaroriga asosan “Suroj Qurilish Servis” MChJga Urganch tumani, Qorovul qishlogʻi hududidan "Koʻp qavatli koʻp xonadonli turar joy” binosi qurish uchun 2500,0 kv.metr yer maydoni ajratilgan. Ushbu qaror asosida “Koʻp qavatli koʻp xonadonli turar joy” binosini loyihalashtirish uchun viloyat qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 30.04.2021 yilda 1733-1733217-18645-sonli arxitektura rejalashtirish topshirigʻi tayyorlab berilganligi, “LOYIHA QURILISH LYUKS” xususiy korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 17.09.2021 yildagi 27097-sonli xulosasi bilan kelishilganligi maʼlum boʻldi.

       Mazkur qaror qabul qilinishidagi hujjatlar tarkibida viloyat qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 18.10.2018 yilda berilgan 949-sonli xulosa ilova qilinganligi, ushbu xulosa aslida Qorovul qishlogʻi, Yoshlik mahallasining bosh hududida qurilishi rejalashtirilgan “birinchi qavati aholiga birlamchi xizmatlar koʻrsatish obʼektlariga moʻljallangan koʻp qavatli koʻp xonadonli turar joy binosi”ni joylashtirish boʻyicha berilganligi, shuningdek, Urganch tuman hokimining 09.12.2020 yildagi 3122k-sonli qaroriga asosan Urganch tumani, Qorovul qishlogʻi hududidan “Suroj Qurilish Servis” MChJga "Koʻp qavatli koʻp xonadonli turar joy” binosi qurish uchun ajratilgan 2500,0 kv.metr yer maydonining bir qismi, yaʼni 210,62 kv.metri hozirgi kunda Urganch tumani hokimligi balansidagi, 316,8 kv.metr qismi Urganch tumani qurilish boʻlimi balansida va yana bir qismi Urganch tumani taʼlim muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi hisobida turganligini, Urganch tuman hokimining 30.09.2019 yildagi 6061q-sonli hamda 09.12.2020 yildagi  3122q-sonli qarorlari Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan “Yer kodeksi” talablariga zid ravishda qabul qilinganligini, “Yer kodeksi”ning 23-moddasida Yer uchastkalarini egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berish (realizatsiya qilish) yer ajratish tariqasida, Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda amalga oshirilishi, egalikdagi, foydalanishdagi, ijaradagi va mulk qilib berilgan yer uchastkasini boshqa shaxslarga berish (realizatsiya qilish) faqat shu uchastka belgilangan tartibda olib qoʻyilganidan (sotib olinganidan) keyin amalga oshirilishi belgilangan.

     Shuningdek, fuqaro X.Sharipovga hamda “Suroj Qurilish Servis” MChJga ajratilgan yer maydonlari ustma-ust tushushiga sabab boʻlganligi, viloyat qurilish bosh boshqarmasida Xorazm viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining 06.09.2022 yildagi 44-sonli “Shaharsozlik faoliyatiga oid qonun hujjatlariga zid boʻlgan hujjatlar hamda qabul qilingan qarorlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi taqdimnomasi” boʻyicha yigʻilish oʻtkazilib, boshqarmaning 28.09.2022 yil 93-sonli yigʻilish bayoni qabul kilingan va bayonda qarorlar belgilangan tartibda bekor qilish boʻyicha sud organlariga ariza kiritilishi maqsadga muvofiq deb topilgan.

     Oʻzbekistan Respublikasining “Litsenziyalash, ruhsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunning 33-moddasiga asosan ruhsat etish xususiyatiga ega hujjat sud tomonidan bekor qilinishi, shuningdek “Maʼmuriy tartib taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunning 59-moddasida manfaatdor shaxsning ishonchi ximoya qilinishi lozim boʻlgan xollarda, maʼmuriy hujjatni bekor qilish yoki oʻzgartirish maslalasi sud tartibida koʻrib chiqilishi, agar manfaatdor shaxs maʼmuriy hujjatning qonuniy kuchiga ishonib, maʼmuriy hujjat asosida olingan mol-mulkdan foydalangan, oʻz mulkini tasarruf etish uchun bitim tuzgan yoki maʼmuriy hujjatda belgilangan naf va imtiyozlardan boshqacha tarzda foydalangan boʻlsa, uning ishonchi himoya qilinishi lozimligi belgilanganligi, shu sababli ruhsat berish xususiyatiga ega hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruhsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunning 33-moddasi hamda “Maʼmuriy tartib taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunning 59-moddasiga muvofiq manfaatdor shaxsning ishonchi himoya qilinishi lozim boʻlgan hollarda sud tomonidan bekor qilinishi lozim.

     Yuqoridagilardan kelib chiqib, viloyat qurilish bosh boshqarmasi tomonidan Urganch tumani hokimligiga Urganch tuman hokimining 30.09.2019 yildagi 6061q-sonli hamda 09.12.2020 yildagi 3122q-sonli qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan “Yer kodeksi” talablariga zid ravishda qabul qilinganligi sababli belgilangan tartibda bekor qilish boʻyicha sud organlariga ariza kiritilishini soʻrab yozma ravishda 28.09.2022 yilda 1254-sonli yozishma bilan murojaat qilinganligini hozirda Urganch tuman hokimligi ishchi komissiyasi tomonidan bu borada chora koʻrilayotganligi hamda Urganch tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi tomonidan fuqaro X.Sharipovga tegishli qurilish ishlarini toʻxtatish boʻyicha 23.01.2023 yil №322 sonli ogohlantirish xati berilganligi toʻgʻrisida yozib  maʼlum qilamiz.