Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

Rasmiy munosabat
       
       Joriy yilning 27-yanvar kuni Internet tarmoqlari orqali Urganch tumani, Qiyot mahallasi hududidan oʻtuvchi koʻprik taʼmirtalab ahvolga kelib qolgani toʻgʻrisida videomurojaat tarqalgan edi. Murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
        Urganch tumani Chondirqiyot qishlog’i Qiyot mahallasi va Xonqa tumani Novhos qishlog’i Madaniyat mahallasini bogʻlab turuvchi Chondirqiyot xoʻjaliklararo kollektori ustidan oʻtgan PK64+0 koʻprigi boʻlib ichki xoʻjalik yoʻlida joylashgan, hozirda haqiqatdan ham taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan. Ushbu koʻprikda taʼmirlash ishlarini olib borilishi uchun 2022-yilda Chap qirgʻoq Amudaryo ITB hududidagi meliorativ ekspeditsiya boʻlimi tomonidan takliflar berilgan. 


       Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PQ-465 qaroriga asosan, 2023-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan byudjet tizimi byudjetlaridan moliyalashtiriladigan obyektlar roʻyhatiga kiritilganligini hamda 2024 yilda ta’mirlash ishlari olib borilishini maʼlum qilamiz.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.