Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

Rasmiy munosabat

Joriy yilning 16 may kuni Urganch tumani Xilol mahallasidagi kutubxonada stullar yetishmovchiligi mavjudligi va bu haqda mutasaddi tashkilotlariga ham bir necha marta murojaat qilinganligi toʻgʻrisida xabar  kelib tushdi. Ushbu holat  Urganch tuman hokimligi tomonidan koʻrib chiqildi va tuman madaniyat va turizm boʻlimi qarashli Xilol mahallasidagi kutubxona balansiga kerakli miqdorda stullar ajratildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki  ushbu kutubxona fondidagi kitoblar Urganch tuman Axborot kutubxona markaziga tegishli boʻlib, ushbu kutubxonaga yaqin hududda yashovchi fuqarolar foydalanishi uchun, topshirilgan

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.