Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

Internet tarmoqlari orqali Urganch tumani Oq maktab mahallasida chiqindilar vaqtida olib ketilmagani va qarovsiz qolgan itlar koʻpayib ketgani tasvirlan murojaat tarqaldi va ushbu holat masʼul tashkilotlar tomonidan nazoratga olishlari soʻralgan edi.

Mazkur murojaatda koʻrsatilgan holat Urganch tuman obodonlashtirish boʻlimi tomonidan shu kunning oʻzida bartaraf qilindi. Qarovsiz qolgan itlar egalarini topib olib borib berilgani, qarovsiz qoldirmaslik tushuntirildi. Egalari aniqlanmagan jonivorlar tuman obodonlashtirish boʻlimi tomonidan olib ketildi. Shuningdek Urganch tuman obodonlashtirish boʻlimi hodimlari va Oq maktab mahalla fuqarolar yigʻini raisi bilan hamkorlikda fuqarolar bilan uchrashib uyida saqlanayotgan itlarni qarovsiz qoldirmasliklari kerakligi tushuntirildi.

Masʼul hodimlar tomonidan qarovsiz qolgan, quturishi mumkin boʻlgan itlarning koʻpayishini oldini olish boʻyicha tadbirlar va tushuntirish ishlari belgilangan tartibda davom ettiriladi.

Shuningdek oʻrganish davomida Urganch tuman "Gʻaybu" qishlogʻi "Oq maktab" mahallasi hududida tartibsiz joylashtirilgan qattiq maishiy chiqindilar maxsus texnikalar yordamida bartaraf etilib, qattiq maishiy chiqindilar markaziy chiqindi yigʻish poligoniga olib chiqib ketildi.

Eslatib oʻtamiz mazkur murojaatda koʻrsatilgan Urganch tuman "Gʻaybu" qishlogʻi "Oq maktab" mahallasi hududidagi qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish "Urganch Avto Eko Trans" MChJ tomonidan "SIGNAL" usulida joriy etilgan boʻlib, belgilangan grafik asosida xizmat koʻrsatilmoqda.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati