Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

Aholi murojaatlari joyida oʻrganilib, ijobiy hal qilish choralari koʻrilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Urganch tumani, Miroblar mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar Doʻrman kollektori yoqasida jami 1 gektarga yaqin yer maydonida tomorqa ekinlari va yem-xashak mahsulotlari ekib kelinayotgani, ammo hozirgi kunda ushbu yer maydonlarini sugʻorish uchun tashkil qilingan ichki ariq Doʻrman-21 fermer xoʻjaligi tomonidan koʻmib tashlanganidan norozi boʻlib murojaat qilishgan edi. Holat yuzasidan Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi, tuman irrigatsiya boʻlimi, Shovot-Qulovot ITB, va tuman agroinspeksiya boʻlimlari hamkorligida murojaat atroflicha oʻrganish ishlarini olib borildi va fermer xoʻjaligi rahbariga ogohlantirish berilib oʻtildi hamda koʻmilgan ichki ariqni qaytadan qazib, aholi tomorqa yerlarini suv bilan taʼminlashga kelishib olindi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati