Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch tuman gaz ta’minoti bo’limi binosi  oldida qurilish olib borilayotgan obekt  Urganch tuman gaz ta’minoti bo’limi rahbariga tegishli ekani va qurilishda gaz quvurlaridan foydalanilgani iddao qilingan videomurojaat (https://www.youtube.com/watch?v=7wyWZqpJQKU) bo’yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-sonli Farmoni hamda PQ-4602-sonli Qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida Urganch tumani hokimining tegishli qaroriga muvofiq “BOG’I JANNAT DILOROM” MCHJga “Mevazor” MFY binosini davlat sherikchiligi asosida qurish uchun yer maydoni ajratilgan. 
Blogerning qurilish uchun gaz quvurlaridan foydalanilgan degan taxmini (aslida esa tuxmat) asosli emas. Chunki videodagi binoning ustki qoplama qismi diametri 32 mm bo’lgan Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan (оцинкованная труба) quvurlar ekani va tabiiy gaz uchun O’zbekistonda ishlab chiqarilgan diametri 20 mm bo’lgan gaz quvurlari ishlatilayotgani hamda qurilish uchun yaroqsizligini eslatib o’tamiz. 
Ma’lumot uchun:
AXBOROT OLISH KAFOLATLARI VA ERKINLIGI TO‘G‘RISIDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 11-moddasida Ommaviy axborot vositalari e’lon qilinayotgan axborotning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishlari shart va ular axborot beruvchi bilan birgalikda uning to‘g‘riligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi va AXBOROT ERKINLIGI PRINSIPLARI VA KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING  7-moddasida Axborot undan hamma erkin foydalanishi mumkinligi ta’minlangan va haqqoniy bo‘lishi kerak. Axborotni buzib talqin etish va soxtalashtirish taqiqlanadi.Ommaviy axborot vositalari o‘zlari tarqatayotgan axborotning haqqoniyligi uchun axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi keltirib o’tilgan. 

Shunday ekan, axborot tarqatishdan oldin haqqoniyligini tekshirib va aniq manbalardan tasdiqlangandan so’ng ommaga e’lon qilishingiz hamda aholini sog’lom axborot muhiti bilan ta’minlashingizni so’raymiz.

"Hududgaz Xorazm" gaz ta'minoti filiali Matbuot xizmati