Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

Urganch tumanida transport harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida
tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatishga ruxsat berish to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi
Qonunning 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati
to‘g‘risida”gi Qonunning 6, 25-moddalariga muvofiq, 

QAROR QILAMAN:

1. Urganch tumanida piyodalar va transport vositalarining harakat xavfsizligini
ta’minlash, yo‘l transporti hodisalarini oldini olish maqsadida, Urganch tumani
Chandirqiyot qishlog‘i Baqaylar mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining
har ikkala tomoniga kirish qismiga 3.4 “Yuk avtomobillarining harakatlanishi
taqiqlangan” yo‘l belgisini o‘rnatishga ruxsat berilsin.

2. Urganch tuman IIB (G‘.Sharipov), tuman yo‘llardan foydalanish unitar
korxonasi (B.Qalandarov) hamda tuman Obodonlashtirish
boshqarmasi (B.Nurmetov) mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan manzilga
3.4 “Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan” yo‘l belgisini o‘rnatilishini
ta’minlasinlar va doimiy nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.

3. Mazkur qaror “Urganch haqiqati” gazetasida rasman e’lon qilinsin va
hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman e’lon qilingan
kundan boshlab kuchga kiradi.

4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari
A.Xo‘jaev zimmasiga yuklatilsin.

 

Urganch tumani hokimi             F.Sharipov