Joriy yilning 25 sentyabr kuni Urganch tumani, Orzu mahallasida yashovchi fuqaro Chinnigul Karimova tomonidan, Urganch tumanidan kesib oʻtuvchi Davlatlararo Amudaryo irrigatsiya kanallari boshqarmasi balansida hisoblangan Shovot kanali himoya zoʻnasidagi yer maydonida bogʻdorchilik qilib kelayotgani va foydalanib kelinayotgan yer maydonini olib qoʻyishganidan norozi boʻlib ijtimoiy tarmoqlar orqali videomurojaat yoʻllagan edi. Holat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilayotganligini va oʻrganish ishlari yakuniga yetgach qoʻshimcha maʼlumotlar berilishini maʼlum qilamiz