
Holat tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan oʻrganildi. Oʻrganish natijasida mahalla fuqarolar yigʻini raisi, profilaktika inspektori ogohlantirilganligi, haqiqatdan ham fuqarolar tomonidan oqava suv quvuri tashalib, qazish ishlari olib borilganligi aniqlandi. Hozirgi paytda qazish ishlari olib borilgan koʻchaning yoʻl qoplamalari oldingi holatga qaytarib qoʻyilganligi maʼlum boʻldi. Masʼul xodimlar tomonidan bundan keyin bu koʻrinishdagi holatlarni qayta takror qilmasligi borasida tushuntirish ishlari olib borildi. Urganch tuman obodonlashtirish boshqarmasi ichki yoʻlni oldingi holatiga keltirib qoʻyilganligi uchun aholiga nisbatan eʼtirozi yoʻqligini maʼlum qildi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati