Ijtimoiy tarmoqlarda "Urganch tuman hokimligi ishlashni xohlamayapti" nomli maqola tarqaldi.Murojaatni oʻrganish boʻyicha ishchi guruhi tuzilib, masʼul tashkilot rahbarlari ishtirokida oʻrganish ishlari olib borildi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.09.2021-yildagi “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro jamgʻarmasi ishtirokida
“Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5246-sonli qarorga muvofiq,2024-yilda Urganch tumani “Yuqoriovul”, “Xidoyat”, “Uyshin”, “Gulobod” va “Baxshilar” mahallalarida jami 31,5 mlrd.soʻm mablagʻlar hisobiga 2 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, 1 ta umumtaʼlim maktabi va 2 ta mahalla maishiy-xizmat koʻrsatish markazi binolari qurish belgilangan.2024-yilda amalga oshirilishi belgilangan loyihalar boʻyicha Xorazm viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi DUK buyurtmachiligida loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi birlashgan loyihalarni amalga oshirish guruhi tomonidan pudratchi tashkilotlarini belgilash maqsadida, tender savdolariga eʼlonga berilib,eʼlon natijalariga koʻra, 1 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti va 1 ta mahalla maishiy-xizmat koʻrsatish markazi binolarini qurish boʻyicha pudrat tashkilotlari aniqlanib, “Islom taraqqiyot banki” bilan pudrat shartnomalarni rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.Murojaatda koʻrsatilgan Urganch tumani, “Chotkoʻpir” qishlogʻida qurilish ishlari 2025-yilda, yaʼni 2-bosqichda amalga oshirilishi belgilangan.