×
28-май 2024 yil 77

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Erkakni yig'latgan mansabdorlar" nomli video tarqaldi.Murojaatni oʻrganish boʻyicha ishchi guruhi tuzilib, masʼul tashkilot rahbarlari ishtirokida oʻrganish ishlari olib borildi.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-aprel "Maktabgacha ta'lim tizimini rag'batlantirish chora-taadbirlari to'g'risida"gi PQ-3651-sonli qaroriga asosan tuman hokimligi huzuridagi yer uchastkalari berish(realizatsiya qilish) masalalarini ko'rib chiquvchi komissiyasining yig'ilish bayonnomasini,xulosasini va dalolatnomasini ko'rib chiqib,O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-sonli qaroriga,O'zbekiston Respublikasi "Yer kodeksi"ning 6-moddasiga hamda "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi qonunning 10,25-moddalariga asoslanib,2019-yil 26-fevral sanasi №1515q-sonli qarori bilan Urganch tumani Chotko'pir qishlog'i Gulobod mahallasi hududidan "SAODATJON OPA" MCHJga 2 qavatli 120 o'ringa mo'ljallangan nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi qurish uchun 312-qism konturdan jami 0,35 gektar yer maydoni ajratilgan.16-may 2019-yil Xorazm viloyat hokimining 207-sonli qarori bilan Urganch tumani hokimining 2019-yil 26 fevraldagi 1515q-sonli qarori ma'qullangan.Ishchi guruh tomonidan hozirda 
qarorlarning qonuniyligi o'rganilmoqda.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech