×
29-янв 2024 yil 76

RASMIY MUNOSABAT

   

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu “Ushbu qurilayotgan bino noqonuniy qurilishmi?” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan xabar chiqishidan oldin Kadastr agentligining Urganch tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida aniqlangan.

   O‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturi asosida Urganch tumani hokimining 2018-yil 2-oktabrdagi qarori bilan Urganch tumani “G‘oybu” qishlog‘i “Xojiboylar” MFY hududidan fuqaro I.I “O‘quv markazi” qurilishi uchun 589-qism konturi hududidan jami 500 kv.metr qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan yer maydoni ajratib berilgan.

   Urganch tumani hokimining 2019-yil 6-maydagi qaroriga asosan Urganch tumani hokimining 2018-yil 2-oktabrdagi qarorida ko‘rsatilgan 589-qism konturidan jami 500 kv.metr qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerdan deyilgan qismi, ushbu yer maydoni Urganch tuman hokimining 2017-yil 11-yanvardagi qaroriga asosan “Qishloq qurilish invest” ISHIK Xorazm filialiga yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurilishi uchun 587,588,589q-kountarlardan 39,7 ball bonitetli 9,5 gektar ekin yer maydoni ajratilgan hududda ekanliga, shu davrda qishloq xo‘jaligida foydalanishga imkoni yo‘qligi sababli yer xaritasining 589-qism konturidan jami 500 kv,metr 39,7 ball bonitetli ekin yeridan ajratib berilgan.

    Mazkur Urganch tuman hokimining 2019-yil 6-maydagi hamda 2018-yil 2-oktabrdagi qarorlari viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlanmagan, lekin ushbu qarorlar bilan ajratilgan yer maydoniga Urganch tuman hokimining 2017 yil 11 yanvardagi qaroriga asosan oldin viloyat hokimining 2017-yil 29-maydagi qarori qabul qilingan.

    Xususan, mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida tayyorlangan, 5-bobida davlat sherigi va xususiy sherikning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini ijro etishning boshqa shartlarini belgilab beradigan davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida o‘ttiz yilgacha bo‘lgan muddatga davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzilishi belgilangan bo‘lsada, davlat sherigi (tuman hokimligi) va xususiy sherik (fuqaro I.I) o‘rtasida ushbu bitim tuzilmaganligi aniqlandi.(Taqdim qilinmadi)

    Tuman hokimining qarori bilan fuqaro I.I “O‘quv markazi” qurilishi uchun ajratilgan yer maydoni chegaralari tuman qurilish bo‘limi tomonidan tasdiqlangan toposyomkaga asosan 587-kontur hududiga to‘g‘ri kelganligi hamda davlat xususiy sherikchilik bitimi tuzilmaganligi sababli Kadastr agentligining Urganch tuman bo‘limi tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni bekor qilish va yer maydonlarini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarish bo`yicha ish olib borilayotganini ma'lum qilamiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech