Ijtimoiy tarmoqlarda "Urganch tumani G'aybu qishlog'ida chiqindilar to'planib qolgan" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Urganch tuman inspeksiyasi tomonidan tezkorlik bilan joyiga chiqib o'rganildi.
Mazkur o'rganish davomida Urganch tumani G'aybu qishlog'ida "Oqmaktab" mahallasi hududidagi to'planib qolgan maishiy chiqindilarni “Urganch Avto Eko Trans” MChJ maxsus texnikalari hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlari tomonidan olib chiqib ketilishi ta'minlandi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.