Ijtimoiy tarmoqlar orqali Urganch tumanida faoliyat olib borayotgan «“Jannat Minor” sayyohlik mehmonxonasi tuman hokimligi tomonidan buzdirish buyurilgani haqida» murojaаt tarqalgan edi. Murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Urganch tumani hokimining 13.04.2018-yildagi 1183q-sonli qarori bilan fuqaro Sapayeva Saboxatga “Savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shahobchasi” qurish uchun “Yuqoribog`” qishlog’i qishloq xo’jalik yer xaritasining 296q-konturidan 0.04 gektar 38-ball bonitetli ekin yer maydoni ajratib berilgan.
Xorazm viloyat hokimining 26.05.2018-yildagi 358q-sonli qarori bilan Urganch tumani hokimining 13.04.2018-yildagi 1183q-sonli qarori ma’qullangan va fuqaro Sapayeva Saboxatga “Savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shahobchasi” qurish uchun “Yuqoribog`” qishlog’i qishloq xo’jalik yer xaritasining 296q-konturidan 0.04 gektar 38-ball bonitetli ekin yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilgan.
Ushbu ajratib berilgan 0,04 gektar yer maydoniga 22:03:06:01:09:0723 kadastr raqami berilib fuqaro Sapayeva Saboxat nomiga 2018-yilda kadastr xujjatlari rasmiylashtirilib, yer maydonlari 01.06.2018-yilda davlat ro’yxatidan o’tkazilgan.
Urganch tumani hokimining 25.09.2018-yildagi 3025q-sonli qarori bilan Urganch tumani “Yuqoribog`” qishlog’i hududida joylashgan fuqaro S.Sapayeva tegishli qishloq xo’jaligi xaritasining 296-qism konturida joylashgan “Savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shahobchasi” atrofidagi 0.02 gektar 38-ball bonitetli ekin yer maydonlaridan vaqtinchalik obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish uchun foydalanishga ruxsat berilgan va yer maydonida qurilish qilmaslik to’g’risida ogoxlantirilgan.
Ushbu qarorda yer maydoni o`rnatilgan tartibda ajratib berilmasdan, muddati ko`rsatilmasdan, yerdan foydalanishga ruxsat berilgan.
Ushbu yer maydonlariga kadastr xujjatlari rasmiylashtirilmagan va davlat ro`yxatidan o`tkazilmagan.
Riyeltorlik xizmatlarini ko`rsatgan tashkilot “Xorazm ko`chmas mulk savdo servis” MChJ tomonidan 04.10.2018-yilda rasmiylashtirilgan kelishuv bayonnomasi, 04.10.2018-yilda rasmiylashtirilgan 291-sonli oldi-sotdi shartnomasi hamda topshiruv-qabul qiluv dalolatnomasiga asosan fuqaro S.Sapayeva o`ziga tegishli bo`lgan umumiy yer maydoni 400.0 kv.metr, shundan qurilish osti maydoni 400.0 kv.metrdan iborat bo`lgan qurilishi tugallanmagan “Savdo va maishiy xizmat ko`rsatish shahobchasi”ni fuqaro M.Madaminovaga sotgan.
Shularga asosan ushbu qurilishi tugallanmagan “Savdo va maishiy xizmat ko`rsatish shahobchasi”ga fuqaro M.Madaminova nomiga 2018-yilda kadastr xujjatlari rasmiylashtirilib, yer maydonlari 09.09.2020 yilda davlat ro`yxatidan o`tkazilgan.
Urganch tuman qurilish bo`limi tomonidan 19.10.2022-yilda berilgan qurilishi(rekonstruksiya) qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnomaga asosan 400.0 kv.metrni tashkil qilgan “2-qavatli maishiy va ximzat ko`rsatish shaxobchasi” obyekti foydalanishga qabul qilingan.
Shularga asosan ushbu “2-qavatli maishiy va ximzat ko`rsatish shaxobchasi” fuqaro M.Madaminova nomiga 26.10.2022-yilda davlat ro`yhatidan o`tkazilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlaro sudining 2022-yil 6-maydagi hal qiluv qaroriga asosan fuqaro M.Madaminova tomonidan o`ziga tegishli bo`lgan, xujjat bo`yicha umumiy yer maydoni 400.0 kv.metrdan iborat 2-qavatli binosi yon atrofida o`zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalar, ya’ni shimol tomonda joylashgan 300.0 kv.metrli o`lchamli bostirma, o`lchami 0.5 metr(8.9*8.4) 74.76 kv.metr favvora, o`lchamlari(10*5.5) 55 kv.metrli va 5*6 jami 30.0 kv.metrli 2-ta bino, balandligi 4 metr, uzunligi 110.0 metr paxsa devor, eni 1.0 metr, uzunligi 52.0 metr bo`lgan perila va perila tagidagi beton qurilmalarini qarzdorning hisobidan buzish belgilangan.
Xorazm viloyat sudi FIB sudlov xay’atining 2022-yil iyul oyining 26 kunidagi ajrimiga asosan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlaro sudining 2022-yil 6-maydagi hal qiluv qarori o’z kuchida qoldirilgan.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo`yicha sudlov hay’atining kassatsiya 23.08.2023-yildagi ajrimiga asosan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlaro sudining 2022-yil 6-maydagi hal qiluv qarori hamda Xorazm viloyat sudi FIB sudlov xay’atining 2022-yil iyul oyining 26 kunidagi ajrimi o`zgarishsiz qoldirilganligini ma’lum qilamiz.
Hozirda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlaro sudining 2022-yil 6-maydagi hal qiluv qaroriga asosan fuqaro M.Madaminova tomonidan o`zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalar buzish uchun majburiy ijro byurosi tomonidan qaror ijrosini ta’minlash ishlari ko`rilayotganligini ma’lum qilamiz.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.