Bugun Ijtimoiy tarmoqlar orqali Urganch tumani, Qiyot mahallasi eski (xalq tilida Paxtakor) Paxtakor kolleji yon tomonida joylashgan ichki yo‘llarning yomg‘irdan keyingi achinarli ahvoli tasvirlangan murojaat yana bir bora yo‘llangani ammo haligacha yakunlanmagani ta’kidlangan videomurojaat yo‘llangan edi. Holat yuzasidan 2023-yilning 10-oktabr kuni tuman hokimligi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgani Qiyot mahallasining ichki yo‘llarini ta’mirlash yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilayotganligini va shag‘allashtirish ishlari boshlanishi yuzasidan rasmiy munosabat berilgan edi.
2023-yilning 9-oktabr kuni murojaatda ko‘rsatilgan hududda ta’mirlash ishlari to‘xtab qolgani to‘g‘risida xabar qilindi va 10-oktabr kuni Murojaatni yo‘llagan “Xorazmliklar” kanali muharriri va mahalla fuqarolari bilan uchrashib. hozirda ushbu hududda 700 m shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilishi, qolgan qismida 2024-yilning I choragida shag‘allashtirish ishlari olib borilishi tushuntirib o‘tildi.
Shuningdek, videomurojaatda shag‘allashtirish vaqtida suv quvurlari shikastlangani tasvirlangan bo‘lib, ushbu suv quvurlarini ta’mirlash ishlari olib borilishini ma’lum qilamiz.