Urganch tumani “Qoromon” mahallasi Qoromon madaniyat uyida tuman hokimi, tuman prokurori, tuman sudi, ichki ishlar bo'limi boshlig'i, Majburiy ijro byurosi xodimlari, adliya boshlig'i , tuman soliq bo'limi va boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlari ommaviy sayyor qabuli bo'lib o'tdi.Qabulda fuqarolar uy-joy, yer ajratish, ko'chmas mulk, ta'lim, soliq hisoblanishidagi imtiyozlar, davolanish uchun imtiyozli yo'llanma olish, bandlik, moddiy yordam masalalari yuzasidan murojaat qilishdi.Kelib tushgan savollar hamda murojaatlar mutasaddilarga yoʻnaltirilib, ularga yechim topish boʻyicha zaruriy koʻrsatmalar berildi.