Bugun tuman hokimi Gayratjon Sultanovning "Bo'ston" mahallasida navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy-maishiy masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi. Murojaatlarning aksariyati daxldor soha vakillari ishtirokida hal etildi. Muddat talab qiladigan masalalar o‘rganilib, ijobiy hal qilish bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.