×
05-сен 2024 yil 169

Fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi

Urganch tumani hokimi Gayratjon Sultanovning "Yangiobod" mahallasi binosida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabuli oʻtkazildi.Unga fuqarolarning murojaatlarini oʻrganish va hal etish uchun tegishli tuman tashkilotlari  rahbarlari jalb etildi. 

Qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan uy-joy taʼmiri, tibbiy xizmat, moddiy yordam, bandlik, yer munosabatlari  bilan bogʻliq  murojaatlar tinglandi. 

Ijrosi uchun muddat talab qiladigan masalalar yuzasidan masʼullarga muddat belgilangan holda topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech