×
04-окт 2024 yil 140

Bugun Urganch tumanidagi “Uyshin” mahallasi binosida tuman hokimi Gayratjon Sultanovning mahalla aholisi uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.






Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman kommunal soha mas’ullari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va mahalla fuqarolari ishtirok etdilar.

Qabulda mahalla aholisi o‘z muammolari va takliflari yuzasidan tuman hokimiga murojaat etib, ularni qiziqtirgan yoki qiynayotgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.

Qabul davomida tuman hokimi qabulda ishtirok etayotgan hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassalalar vakillariga bildirilgan murojaatlarni tegishli tartibda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech