×
25-окт 2024 yil 71

Bugun Urganch tumani hokimi, 1-sektor rahbari Gayratjon Sultanov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Sapayev ishtirokida “Rovot” mahallasi binosida ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda hokim o‘rinbosarlari, mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. Qabul davomida har bir fuqaroning murojaati tinglandi va ularning turli muammolari — uy-joy bilan ta’minlanish, moddiy yordam olish, imtiyozli kreditlar, yer munosabatlari kabi masalalar bayon etildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida hal qilindi, vaqt talab qiluvchi muammolar bo‘yicha esa tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech