Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

Til – millatning ma’naviy boyligi. Til nafaqat muomala vositasi – balki xalqimizning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixi va faxridir.
  Ayni kunlarda Urganch tumanida ham 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan bog‘liq bayram tadbirlarini o‘tkazish davom etib kelmoqda.
  Davlat tilini keng targ‘ib qilish va rivojlantirish, shu jumaladan, O‘zbek tili bayrami kunini nishonlash maqsadida joriy yilning 19 oktyabr kuni Urganch tumani hokimligida tuman hokimi maslahatchisi I.Raximova, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari R.Vapayevalar tomonidan tayyorlangan “Ona tili – millat g‘ururi” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 
  Tadbirda  tumanning 1-, 47-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari tomonidan she’r va sahna ko‘rinishlari, 18-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilarining badiiy chiqishlari namoyish qilindi. Urganch tumani Madaniyat bo‘limi yakkaxon va folklor jamoalarining chiqishlari bayramga o‘ziga xos surur baxsh etdi.
  Bugungi kunga qadar tumanimizda O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan 8 ta tadbir va davra suhbatlari tashkil qilindi.