Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

 

Urganch tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch-Xiva yoʻlida faoliyat olibborayotgan bir qator savdo va tadbirkorlik obyektlarining tashqi reklama vositalari, peshlavha va boshqa axborot matnlarining davlat tiliga muvofiqligi o‘rganildi.

Tuman hokimining maslahatchisi I.Raximova hamda tuman IIB xodimi H.Yoʻldoshev, tuman Davlat soliq inspeksiyasi noziri D.Matyoqubov,  tuman qurilish boʻlimi xodimi R.Masharipov,  tuman Davlat sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi ish yurituvchisi R.Salayevlar hamkorligida tashkil qilingan  nazorat-targ‘ibot tadbirida Urganch-Xiva yo‘li shoh ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat va maishiy savdo do‘konlari, umumiy ovqatlanish maskanlari hamda dorixonalardagi mavjud tashqi yozuvlarning davlat tili talablariga javob berish yoki bermaslik holatlari oʻrganildi.

Unga  ko‘ra, o‘rganilgan 37 ga yaqin tashqi yozuvlarning 14 tasi xorijiy tilda ifodalangan, 7 tasida esa uslubiy, imloviy jihatdan xatoliklar mavjud. Ayrimlarida esa so‘zlar orasidagi harflar tushib qolgan. Davlat tiliga nisbatan e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga xato va kamchiliklarni tuzatish uchun ma’lum muddat berildi.

Oʻrganish davomida davlat tili me'yorlariga javob bermaydigan 4 ta  reklama bannerlari olib tashlandi.

Mazkur tadbir tumanlar hududi boʻylab davom ettiriladi.