Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

Urganch tumanida futbol boʻyicha DXX raisi kubogining gʻoliblari aniqlandi

    Tumanimizning 60 ta mahallalarida sportning futbol va mini futbol turlari boʻyicha "Davlat xavfsizlik xizmatining kubogi" musobaqalari 16-30 yosh toifasida oʻgʻil bolalar hamda qiz bolalar oʻrtasida ikki oy davomida oʻtkazildi.

    Qizgʻin davom etgan bahslar yakuniga koʻra, viloyat bosqichida ishtirok etib, tumanimiz sharafini himoya qiladigan jamoa ham aniq boʻldi.

    Katta futbol boʻyicha:
1-oʻrinni Jayxun mahallasi yoshlari
2-oʻrinni Qumrobod mahalla yoshlari 
3-oʻrinni Yangiobod mahallasi yoshlari egalladi.


  
     Mini futbol qiz bolalar oʻrtasida:
1-oʻrinni Oq yop mahallasi qizlari
2-oʻrinni Tandirchi mahallasi qizlari 
3-oʻrinni Obod mahallasi qizlari egalladi.

     Mini futbol oʻgʻil bolalar boʻyicha:
1-oʻrinni Yuqori jirmiz mahallasi yoshlari 
2-oʻrinni Xilol mahallasi yoshlari 
3-oʻrinni Turkmanlar mahallasi yoshlari egalladi

   Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.