Kimlar ro‘yxatga olish ishlarida ishtirok etadi ?

     2023- yilda butun respublikamizda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlariga bugungi kunda qizg‘in taraddud ko‘rilmoqda.

Ushbu tadbir uchun vakolatli davlat organi etib belgilangan Davlat statistika qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ma’lum chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

         Hududlarda mahallalar kesimida kartografik chizmalarni o‘rganish va aniqlashtirish ishlari bilan bir qatorda shahar va tumanlar kesimida ro‘yxatga olish, instruktorlik, hisob va statsionar uchastkalari ishini tashkil qilish  muhim masala sanaladi. 

 Xo‘sh, ro‘yxatga olish ishlarida barcha xohlovchilar, masalan ko‘ngilli volontyorlar ham qatnashishi mumkinmi? Yoki ularga qo‘yiladigan alohida talablar bormi ?

2023- yilda aholini ro‘yxatga olish ishlari uchun ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tanlash masalasi nihoyatda dolzarb hisoblanadi.

 Mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlarda, xususan “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “2023- yilda mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorida bu jarayonga jalb etiladigan xodimlar turli yoshda va har xil kasb egalari bo‘lishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

Shunga qaramay, tadbirga, birinchi navbatda, Davlat statistika qo‘mitasi va uning viloyat, shahar va tuman bo‘limlari xodimlari, statistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar, shuningdek, tayanch doktorantlar jalb etilishi maqsadga muvofiq. Boisi shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish jarayonida aholini ro‘yxatga olish dasturida belgilangan savollar ro‘yxatiga rioya etish, ularning mazmuni buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, respondentga ishning maqsadini to‘g‘ri yetkaza olish va shu orqali olinadigan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga, ularning maxfiyligini ta’minlash va mazmunini oshkor qilinmasligiga aynan ro‘yxatga oluvchi xodimlar bevosita mas’ul sanaladilar.

 

Albatta tanlab olinadigan xodimlardan, avvalo, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshishlari talab etiladi.

Qolgan barcha tartib-qoidalar ular uchun tashkil etiladigan o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar davomida o‘rgatiladi.

Xususan :  

-        ro‘yxatga oluvchi xodimlarning vazifalari, axloq normalarini o‘rgatish bo‘yicha mashg‘ulotlar;
-        texnika xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar;
-        respondentlar so‘rovini o‘tkazish, kelib chiqadigan barcha qiyinchiliklarni aniqlashtirish bilan muammoli vaziyatlarning kelib chiqishini oldini olish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

   2022- yil 1- iyuldan  e’tiboran tuman, shahar miqyosida aholini ro‘yxatga olish ishlarini nazorat qiluvchi xodimlar, ya’ni tuman, shahar aholini ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari o‘z ishini boshlashi ko‘zda tutilgan. Shu kunlarda ushbu lavozimlarda nomzodlarni tanlab olish ishlari boshlangan.

   Bu bo‘yicha tegishli ma’lumotga ega bo‘lish uchun barcha xohlovchilar viloyat statistika boshqarmasining 62-22-4-65-17 aloqa telefon raqamiga yoki hududiy boshqarmaning Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 93-uy manziliga murojaat qilishlari  mumkin.

 

 

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Axborot xizmati