Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

Urganch tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi binosida Urganch tuman hokimligi va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi hamkorligida "Urganch tumanida 2022 yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash borasida qilingan ishlar hamda 2023 yilgi aholi bandligini taʼminlash borasidagi rejalar" mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Anjumanda Urganch tuman hokimi o'rinbosari Anvar Navro'zov hamda tuman aholi bandlikga ko'maklashish markazi rahbari Azizbek Avezovlar kerakli ma'lumotlarni berib o'tdi.

       Shuningdek, anjumanda 2022-yil hisobiga band bo’lmagan 292 nafar fuqaroga subsidiyalar ajratilgani hamda bu yil hisobiga esa 2 barobar ko’p subsidiyalar ajratilishi rejalashtirilganligini va “1 hududga 1 mahsulot” tamoyili asosida band bo’lmagan fuqarolarga 650 gektar yer maydoni 10 yilgacha berilishi ta’kidlab o’tildi. 

    Erkin muloqot tarzida oʻtkazilgan matbuot anjumanida OAV vakillari ham ishtirok etdi.