Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

Navro‘z bu tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami. Millati, dinidan qat’iy nazar, shu yurtda yashayotgan barcha millatlar, elatlar uchun birdek sevimli ayyom. Keksayu yosh uchun birdek aziz shodiyona! 

  Bu bayram oddiy bayram emas, balki xalqimizning tarixi, falsafasi, tushuncha tasavvurlari, qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan, millat bilan ulg‘ayib, millat bilan birga taraqqiy etgan bayram. Bu bayram qadim-qadim zamonlardan buyon elimiz ardoqlab kelayotgan, elimizni, yurtimizni ulug‘lab kelayotgan bayramdir. 

 

    Qadriyatlarga boy an'anaviy va ulug' bayram Urganch tumanidagi "Ulli hovli" majmuasida bo'lib o'tdi. Barcha mahallalar ishtirokida xalqimizning milliy an'anaviy qadriyatlarimizdan bo'lmish, kelin salom, milliy raqslar va milliy kuy qo'shiqlar yangradi. Dasturxonlarga esa milliy taomlar tortildi. 

 

 

   Bayram davomida milliy kurash, arqon tortish, hamda milliy o'yinlar musobaqasi o'tkazildi. Madaniyat hodimlari hamda xonandalar ijrosida kuy-qo'shiqlar yangradi. Milliy gvardiya yigitlari ishtirokida esa sahna ko'rinishlar namoyish etildi. Faol ishtirok etgan bayram ishtirokchilari hamda musobaqa g'oliblari munosib tarzda taqdirlandi. 

 

 

 

BAYRAM DASTURI KO'TARINKI KAYFIYATDA YAKUNLANDI.