Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

Bugun_Seminar

OBOD QISHLOQ VA OBOD MAHALLA DASTURI XUSUSIDA SEMINAR OʻTKAZILDI

      Urganch tumani hokimligi majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 3 maydagi 183-son qarori bilan «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirish jarayonlarini tashkil etish yuzasidan seminar oʻtkazildi.

      Seminar Urganch tumani hokimi G.Sultanov raisligida, tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi, tuman bandlik va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi, MFY raislari va hokim yordamchilari ishtirokida oʻtkazildi. 

      Unda ushbu dasturga kiritilgan oʻzgarishlar batafsil tushuntirildi. Shuningdek, mavzu doirasida qatnashchilar berilgan savollarga  toʻliq javob oldilar.

    Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.