Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш
Ommaviy yurish marafoni Kecha eʼlon berganimizdek Davlatimiz rahbarining “Sogʻlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida bugun, 10-sentabr kuni "Sogʻlom hayot sari 5000 qadam" shiori ostida Urganch tumani aholisi, yoshlar, nuroniylar, faxriylar, sektor rahbarlari, tuman vatanparvar tashkiloti faollari ishtirokida ommaviy yurish marafoni boʻlib oʻtdi. Marafon tuman hokimligi binosi oldidan boshlandi. Tadbir davomida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkasi, mehnat va kitob yarmarkalari chuqurlashtirilgan tibbiy ko’riklar bo’lib o’tmoqda. Ishtirokchilarni kayfiyatini ko’tarish maqsadida tuman madaniyat boʻlimi chiqishlari bilan davom etmoqda Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.