Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

RASMIY MUNOSABAT

   Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch tumanidagi maktablarning birida ikkita bolaning janjallashayotgan videosi tarqalgan edi. Mazkur holatni o‘rganish maqsadida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ishchi guruhi tuzilib, o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar natijasida quyidagilar aniqlandi. Urganch tumani Kattabog‘ mahallasida joylashgan 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi bilan Urganch tumani 1-son maktabi o'quvchisi o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zaro kelishmovchilik yuz bergan. Janjal oqibatida hech bir o‘quvchi tan jarohati olmaganligi, shu yerda kuzatib turgan o‘quvchilar ularni oralab ajratishgani aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mazkur holat boshqa takrorlanmasligi, o‘quvchilarning tarbiyasi, oila, maktab  va keng jamoatchilik mexanizmi hamkorligini yanada mustahkamlash borasida o‘quvchilar tahsil oladigan ta’lim muassasalarida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.