Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

Rasmiy munosabat

Joriy yilning 17 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Urganch tumanidagi istirohat bogʻining 1300 kv/m sotib yuborildimi” mazmunida xabar yoritildi.

Urganch tumani hokimligi tomonidan tumanning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy va boshqa shu kabi yoʻnalishlardagi faoliyati boʻyicha jamoatchilikni tezkor va xolis axborot olishini taʼminlash, sodir etilishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarni profilaktika qilish hamda amaldagi qonunlar doirasida oshkoralikni taʼminlash boʻyicha barcha choralar koʻrib kelinmoqda.

Tumandagi ushbu istirohat bogʻi faoliyati yuzasidan yoritilgan xabardagi maʼlumotlar tuman hokimligi tomonidan toʻliq oʻrganildi.

Unga asosan, Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 11.06.2018 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor Urganch tuman Obodonlashtirish boshqarmasidan undiruvchi Xorazm viloyat davlat mulkini ijaraga berish markazi foydasiga hal qilish toʻgʻrisidagi ijro hujjati boʻlim ish yurituviga 25.06.2018 yilda kelib tushgan va ijro ishi yurituvi kuzatilgan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdor Urganch tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli boʻlgan mulk yaʼni Urganch tumani, Qarovul qishlogʻi, “Tinchlik” koʻchasida joylashgan “Gʻalaba” istirohat bogʻi hududidagi bino va inshootlarga qaratish toʻgʻrisida taklif xati bergan va shunga koʻra davlat ijrochilari 14.08.2019 yilda qarzdor tomonidan berilgan mazkur taklif xatiga asosan ushbu istirohat bogʻi hududidagi bino va inshootlarning bir qismi qurilish osti maydoni 80,9 kv.m. boʻlgan “Omborxona" binosi xatlangan. 
Mazkur Omborxona binosi ”Elektron baholash” MCHJ tomonidan baholanib, 12.09.2019 yilda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan.

Mazkur koʻchmas mulk auksion savdolarida takroran 2 marta sotuvga qoʻyilgan va sotilmaganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida” gi Qonunning 56-moddasiga asosan undiruvchi Xorazm viloyat davlat mulkini ijaraga berish markazi balansiga noturar tarzda olish yuzasidan taklif xati berilgan.

Biroq, undiruvchi tomonidan mazkur taklif xatiga rad javobi berilib, sud qarori ijrosini taʼminlab berishni soʻrab murojaat qilingan.

Yuqoridagilarga asosan mazkur bino-inshootlarning va ularga tegishli yer maydonlarini aniqlash maqsadida 16.09.2019 yilda Urganch tuman yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr xizmati davlat korxonasiga soʻrovnoma yuborilgan va olingan javob xatiga asosan, qarzdorga tegishli mazkur “Omborxona” binosining umumiy yer maydoni 1035 kv.m, qurilish osti maydoni 80,9 kv.m. jami 1 xonadan iborat boʻlgan foydali maydoni 70,9 kv.m. boʻlgan mazkur bino inshoot “Elektron baholash” MCHJ tomonidan qayta baholanib, davlat ijrochisining 05.11.2021 yildagi qaroriga asosan takroran auksion savdolariga chiqarilgan.

Oʻtkazilgan onlayn auksion savdolari davomida mazkur mulk sotilgan va auksion savdosidan tushgan mablagʻ sud qaroriga asosan undiruvchi Xorazm viloyat davlat mulkini ijaraga berish markaziga oʻtkazilib berilgan va ortiqcha mablagʻ qarzdorning tegishli bank hisob raqamlariga oʻtkazilib, ijro ishi tugatilgan.

Urganch tumani hokimligi kelgusida ham amaldagi qonunlarga rioya qilgan holda faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikka tezkor va xolis axborotlar berilishi boʻyicha barcha choralar koʻrilishini taʼminlaydi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.