Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

RASMIY  MUNOSABAT

      Ijtimoiy tarmoqlar orqali Urganch tumani Yangi obod mahallasi hududidan kesib oʻtuvchi zaxkashga, chiqindilar tashlangani, bu holat esa ushbu mahallada yashovchi fuqarolarga noqulaylik tugʻdirayotganligi toʻgʻrisida, internet va ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab video va  foto lavha koʻrinishdagi murojaatlar tarqalgan edi.  Ushbu  holatni bartaraf qilish uchun Urganch tumani hokimligi va Chap qirgʻoq Amudaryo ITB hududidagi meliorativ ekspeditsiya Urganch tuman boʻlimi tomonidan tozalash ishlari boshlab yuborilganligini maʼlum qilamiz.


      Ushbu hudud Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Urganch tuman inspeksiyasi tomonidan nazoratga olingan boʻlib, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar borasida 622241489 ishonch raqami va 11-57 qisqa raqamga murojaat qilishlarini soʻrab qolamiz.

   Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.