Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

RASMIY MUNOSABAT

 

Joriy yilning 2-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Snosga tushgan bino haligacha buzilmadi?” nomli video murojaat yoritildi. Ushbu murojaatda ko‘rsatilgan ma’lumot yuzasidan Urganch tuman hokimligi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Unga asosan, haqiqatdan ham videolavhadada ko‘rsatilgan bino snos evaziga berilgan bino hisoblanib, Urganch tuman hokimining 14.09.2019 yil 5522-sonli qarori, “Xorazm rieltor savdo” MChJ tomonidan 017-son bilan tasdiqlangan kelishuv bayonnomasi, 18.02.2020 yildagi 17-sonli oldi-sotdi shartnomasi hamda xal qiluv dalolatnomasiga asosan barpo etilgan.

Snosga tushgan binoning haligacha buzilmaganligining sababi, bugungi kunga qadar tadbirkorga ushbu bino evaziga kompensatsiya to‘lanmaganligi sababli tadbirkor kompensatsiya to‘lovlari to‘liq qoplangandan keyin snosga tushgan binoni buzishini ma’lum qildi.

 Yuqoridagi holat yuzasidan hozirda mas’ul tashkilotlar tomonidan ushbu tadbirkorlik sub’ekti bilan qonunchilikda belgilangan tartib asosida o‘rganishlar olib borilmoqda. Mazkur holat yuzasidan o‘rganish jarayonlari oxiriga yetkazilgandan keyin, ushbu mavzu yuzasidan to‘liq ma’lumot taqdim etilishi huquqiy jihatdan kafolatlanadi.

Shu o‘rinda, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ommada noto‘g‘ri fikr shakllantiruvchi huquqiy hijatdan haqiqatga asoslanmagan ma’lumotlar tarqatishi yoki davlat va nodavlat tashkilotlari vakillarining shaxsi, ish faoliyati va obro‘siga putur yetkazuvchi yolg‘on xabarlarni yoritishi qaysidir tashkilot yoki mas’ul xodimning nomining to‘liq ochiqlanishi qonunchilikka zid bo‘lishi barobarida keng jamoatchilik o‘rtasida nafaqat ushbu tashkilotlarning nufuzi, balki ularda faoliyat yuritayotgan halol, o‘z kasbiga sadoqatli xodimlarning ishchanlik obro‘siga salbiy ta’sir etishi hamda jamoatchilikda asossiz ishonchsizlik fikrlari shakllanishiga olib kelishi mumkin.

Shu o‘rinda, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlardan O‘zbekiston Respublikasining "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasiga asosan har qanday axborot yoki xabarni e’lon qilishdan oldin axborotning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishlarini so‘rab qolamiz.

Urganch tumani hokimligi kelgusida ham amaldagi qonunlarga rioya qilgan holda faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikka tezkor va xolis axborotlar berilishi bo‘yicha barcha choralar ko‘rilishini ta’minlaydi.