Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

       RASMIY MUNOSABAT

 

     Joriy yilning 31 - may kuni internet tarmoqlari orqali G.Sobirova tomonidan yashashga uy yoʻqligi, ijara shartnomasi uchun toʻlov kerakli miqdorda ajratilmaganidan norozi boʻlib, videomurojaat yoʻllagan edi. Holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
     Fuqaro G.Sobirova, fuqaro O.Allanazarov bilan 2010 - yilda turmush qurgan boʻlib, nikohlari qonuniy qayd qilinmagan. Bir nafar voyaga yetmagan farzandi bor. 2022 - yilda mart-aprel oylarida G.Sobirova turmush oʻrtogʻi bilan oʻzaro janjal chiqqanligi sababli, uyidan chiqib ketgan.
   2022 - yilda viloyat Reabilitatsiya markaziga joylashtirilgan.  Choʻlobod mahallasida doimiy roʻyxatda turuvchi fuqaro G.Sobirovaga “Ayollar daftari” Vasiylik Kengashi yigʻilishining 2023 - yil 11 - apreldagi 6-sonli bayoniga asosan oʻzi tomonidan taqdim qilingan turar joy ijara shartnomasi asosida oyiga, 500 000 (besh yuz ming) soʻm ekanligini inobatga olib, unga ijara kompensatsiyasi toʻlovi uchun oyiga, 250 000 (ikki yuz ellik ming) soʻmdan 11 oy, ya`ni 1 - fevraldan 31- dekabrgacha boʻlgan davr uchun, 2 750 000 (ikki million yetti yuz ellik ming) soʻmni oldindan ijara haqi toʻlovi uchun ijarachi M.Xudayberganovaning “Hamkorbank” ATB URGANCH Universal BXOda ochilgan plastik kartasiga oʻtkazib berilgan. 
    Tuman hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi I.Raximova bir necha bora oilasini yarashtirishga harakat qilishiga qaramasdan, turmush oʻrtogʻi O.Allanazarov yarashishni istamasligini, ammo farzandi B.Sobirovni oʻz qaramogʻimga olishga roziligini bildirgan. Hozirda O.Allanazarov farzandi uchun aliment toʻlab kelmoqda.
Mazkur oila Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan bir necha bor muhokama qilingan.
   Shuningdek, fuqaroning subsidiya asosida uy-joy olish uchun 2023 yilda yuborgan arizasi oylik maoshi miqdori kamligi sababli rad etilganligini maʼlum qilamiz.