Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

Internet tarmogʻi orqali oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish maqsadida fuqaro imtiyozli kredit olgani lekin bugungi kunga qadar kerakli mahsulotlar yetkazib berilmagan tasvirlangan videomurojaat tarqalgan edi. Holat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi va quyidagilar maʼlum boʻldi. “Mikrokreditbank” ATB Qorovul filiali mijozi B.A 2022 yilning iyul oyida (oilakredit.uz) platformasi orqali parrandachilik faoliyatini kengaytirish maqsadida 32,5 mln.soʻm imtiyozli kredit ajratish boʻyicha Urganch tuman “Orzu” MFY xokim yordamchisiga onlayn ariza bilan murojaat qilgan. Urganch tuman “Orzu” MFY xokim yordamchisi tavsiyanomasi asosida fuqaro B.A taʼminotchi korxona “BOBOJON ROZMAT” MCHJ bilan tirik tovuqlar sotib olish maqsadida onlayn shartnoma tuzilgan. Taʼminotchi korxona va B.A oʻrtasida mahsulot yetkazib berilganligi toʻgʻrisida hisob faktura elektron imzo orqali rasmiylashtirilgan. Fuqaro B.A mahsulot yetkazib berilganligi toʻgʻrisida “Orzu” MFY xokim yordamchisi tomonidan dalolatnoma tuzilgan va (oilakredit.uz) platformasiga joylashtirilgan. Shunga asosan bank tomonidan 32,5 mln.soʻm kredit mablagʻi taʼminotchi korxona “BOBOJON ROZMAT MCHJ” hisob raqamiga oʻtkazilgan.

Bugungi kunda fuqaro B.A ajratilgan kredit boʻyicha onasi X.S taʼminotchi korxona tomonidan imtiyozli kredit hisobiga yetkazib berilishi kerak boʻlgan 650 dona tirik tovuqlarning bir qismi yani 300 donasi yetkazib berilganligi lekin qolgan jami 350 ta tirik tovuqlar hozirgacha yetkazib berilmagan. Hozirgi kunda yetkazib beruvchi tadbirkorga nisbatan chora koʻrish va qolgan mahsulotlari yetkazib berish choralari koʻrilayotganini maʼlum qilamiz.