Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

Bugun xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. 

Sessiyada tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Kun tartibidagi masala boʻyicha Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Raximov soʻzga chiqib,  tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Frunze Sharipov egallab turgan lavozimidan ozod qilingani munosabati bilan Urganch tumani hokimi lavozimiga Sultanov Gʻayratjon Poʻlatovich nomzodini tavsiya etdi.

Ushbu taklif tuman Kengashi deputatlari tomonidan maʼqullandi. Yangi lavozimga tasdiqlangunga qadar Sultanov Gʻayratjon Poʻlatovich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sessiyada viloyat hokimi Joʻrabek Raximov soʻzga chiqib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi” ijrosi boʻyicha tuman faollari oldida turgan vazifalar xususida toʻxtaldi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.