Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

Bugun Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining yetmish ikkinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi, tuman IIB boshligʻi, majburiy ijro byurosi Urganch tumani boʻlimi boshligʻi, tuman moliya boʻlimi mudiri, tuman xalq qabulxonasi mudiri hamda mahalla hodimlari ishtirok etdi.

Sessiya davomida tuman Adliya boʻlimi boshligʻi S.Yavqachevning norma ijodkorligi hamda tumanda Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha olib borilgan ishlar

Tuman IIB boshligʻi Gʻ.Sharipovning 2022-yilning oʻn ikki oy mobaynida tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar

Majburiy ijro byurosi Urganch tuman boʻlimi boshligʻi N.Qurbonovning boʻlim tomonidan 2022-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti

Tuman moliya boʻlimi mudiri R.Sobirovning tuman mahalliy byudjetining 2023 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan mablagʻlar yoʻnaltirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Urganch tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri E.Sapaevning xalq qabulxonasi tomonidan 2022 yilning oʻn ikki oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar va ʼ"Boʻston" hamda "Xojiboylar" mahallalariga biriktirilgan hokim yordamchilarni faoliyatini oʻrganish yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida hisobotlari tinglandi.

Shundan soʻng deputatlar fikr hamda mulohazalarini bildirdilar, oʻzlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.

Bugungi boʻlib oʻtgan tuman Kengashining yetmish ikkinchi sessiyasi tuman hokimligining "Facebook"dagi rasmiy sahifasi orqali jonli tarzda yoritilib borildi.