Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

URGANCH TUMANIDA CHIGIT EKISH BOSHLANDI

Qishning qahratoni soʻnib, bahorning mayin shabadasi esa boshlagan ayni kunlarda dehqonlar moʻl hosil olish yoʻlida hormay-tolmay mehnat qilmoqdalar.

Tumanimizda joriy yilda 121 fermer xoʻjaliklari va 1 klasterda jami 8,800 gektardan ortiq yerga chigit ekilish rejalashtirilgan. Fermerlar tomonidan dalalar tekislanib, pushta olingan holda chigit qadashga tayyorlandi. Bugun Urganch tumanidagi “Urganch klaster”ga tegishli maydonda chigit ekish ishlari seminar tashkil etilgan holda boshlab yuborildi.

Seminarda Urganch tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.Sapayev, qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat olib borayotgan masʼul xodimlar hamda fermer xoʻjaliklari uyushmalari rahbarlari, tegishli mutaxassislar ishtirok etdilar.

Seminarda tuman hokimi va sektor rahbarlari soʻzga chiqib, 2022 yil hosili uchun chigit ekish mavsumini qisqa muddatlarda sifatli oʻtkazish, toʻliq va sogʻlom koʻchat undirib olish toʻgʻrisida tushuntirib oʻtildi

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati