Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti B.Yusupov hamda Urganch tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i J.Atadjanovlar ishtrokida joriy yilning 19-sentyabr kuni Urganch tumani Qurilish bo‘limining ishchi xodimlari va Urganch tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli maktab menejeri ishtrokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentyabrdagi O‘RQ-445-sonli "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonunga asosan ushbu Qonunning maqsadi va qo‘llanilishi yuzasidan davlat organlari va davlat muassasalariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishligi yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi. Ushbu targ‘ibot tadbirida “E-huqushunos” elektron dasturi orqali soha bo‘yicha qabul qilinayotgan buyruq loyihalarini amalda tatbiq etish yuzasidan tashkilot hodimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi.Shuningdek, joriy yilning 20-sentabr kuni Urganch tuman adliya bo‘limi xodimlari va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti B.Yusupov hamda “Madad” huquqiy maslahat boshlig‘i A.Yadgarovlar ishtrokida Urganch davlat universitetining “Biologiya” yo‘nalishi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmonini ma’mun moxiyatini va fuqarolarga huquqiy maslaxat shuningdek tashkilotlarga yuridik xizmat ko‘rsatish yuzasidan huquqiy tushuntirish berilib o‘tildi.