Tumandagi xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llaridan, shuningdek posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalaridan
foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasi hamda “Mahalliy
davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va25-moddalariga asosan,
QARORQILAMAN:
- Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi va tuman
obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan tumandagi
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llaridan, shuningdek posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalaridan foydalanish tartibito‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Tuman hokimining o‘rinbosari A.Xo‘jaev, tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi boshlig‘i B.Qalandarov, tuman obodonlashtirish boshqarmasi
boshlig‘i B.Nurmetov fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda
tuman xududidagi yo‘llarni saqlash, ta’mirlash xamda obodonlashtirish ishlarini
tashkil etib borsinlar.
- Mazkur qaror “Urganch haqiqati” gazetasida rasman e’lon qilinsin
va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman e’lon
qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
- Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni tuman hokimining o‘rinbosari
A.Xo‘jaev, tuman obodonlashtirish boshqarmasi va tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonalariga yuklatilsin.
Urganch tumanidagi xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llaridan,
shuningdek posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning
ko‘chalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur nizom Urganch tumanidagi xo‘jaliklararo qishloq avtomobil
yo‘llaridan, shuningdek posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning
ko‘chalaridan foydalanish tartibini belgilaydi.
- Umumiy qoidalar
- Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Aholi punktlari ko‘chalari va xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari —
transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan, ularning belgilangan
tezlikda, og‘irlikda, o‘lchamlarda muttasil va xavfsiz harakatlanishini
ta’minlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek ushbu majmuani
joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari va majmua ustidagi belgilangan
doiradagi bo‘shliq;
Yo‘llardan foydalanuvchilar — yo‘l harakatining ishtirokchilari bo‘lgan
yoki ajratilgan mintaqa hamda yo‘l bo‘yi mintaqasi doiralarida belgilangan tartibda
ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
ajratilgan mintaqa — ko‘chalar va yo‘llar, ularning tegishli konstruktiv
elementlari va muhandislik inshootlari, shuningdek yo‘llardan foydalanish uchun
zarur bo‘lgan binolar, inshootlarni joylashtirish, ihota va manzarali daraxtzorlar
barpo etish uchun doimiy foydalanishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
beriladigan yer uchastkasi;
yo‘l bo‘yi mintaqasi — ajratilgan mintaqaga tutashgan, chegaralarida aholixavfsizligini va transportning harakatlanish xavfsizligini ta’minlash uchun yerdanfoydalanishning alohida shartlari belgilanadigan yer uchastkasi;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari - qishloq joylardan o‘tadigan va
xo‘jaliklarni o‘zaro bog‘laydigan avtomobil yo‘llari. Xo‘jaliklararo qishloq
avtomobil yo‘llari (agar qonunlarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa)
tuman hokimligi ixtiyorida bo‘ladi.
- Tuman hududidagi yo‘llar xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari
(bundan keyin “qishloq avtomobil yo‘llari” deb yuritiladi) va Urganchtumaniva boshqa aholi punktlariningko‘chalari (bundan keyin “aholi punkti ko‘chalari” deb yuritiladi)ga bo‘linadi.
- Xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari — qishloq joylardan o‘tadiganva xo‘jaliklarni o‘zaro bog‘laydigan avtomobil yo‘llaridir.
Xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini saqlash, qurilish-ta’mirlash
va boshqa yo‘ldan foydalanish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish uchun
Yo‘l qurilish pudrat ta’mirlash va foydalanish korxonalaritomonidan amalga
oshiriladi.
- Xo‘jalik avtomobil yo‘llari davlat yoki yuridik va jismoniy shaxslarning
mulki bo‘lishi mumkin. Texnologik maqsadlarga xizmat qiladigan yo‘llar,
shoxobcha, xizmat, patrul va boshqa shunga o‘xshash avtomobil yo‘llari xo‘jalik
avtomobil yo‘llari jumlasiga kiradi.
- Tuman va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari,mahallalar va qishloqlar doirasida o‘tadi, mazkur ko‘chalarning O‘zbekiston
Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatiga
belgilangan tartibda kiritilgan uchastkalari bundan mustasno.
tuman va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari davlat mulki bo‘lib, tuman
Obodonlashtirish korxonasi ixtiyorida bo‘ladi.
- Aholi punktlarining ko‘chalari, shuningdek xo‘jaliklararoqishloq avtomobil yo‘llari davlat mulki bo‘lib, yo‘llardan foydalanuvchilar uchunochiqdir. Shahar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari, shuningdek qishloqavtomobil yo‘llari aholi ehtiyojlarini, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va mudofaaehtiyojlarini qanoatlantirish uchun boshqa aholipunktlari o‘rtasida yuklar va yo‘lovchilar tashishni ta’minlaydi.
- Aholi punkti ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari va ularga ajratilgan
mintaqalarda harakat xavfsizligining ta’minlanganligi va to‘g‘ri tashkil etilganligi,
harakat xavfsizligi talablariga zid kamchiliklar va noqonuniy qurilishlar bo‘lmasligi
yo‘l tashkilotlari (yoki boshqa mutasaddi idoralar) hamda tuman ichki ishlar
bo‘limining davlat yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi (keyingi o‘rinlarda davlat
yo‘l harakati xavfsizligi xizmati deb ataladi) tomonidan nazorat qilinadi.
- Aholi punkti ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari va ularga ajratilgan
mintaqalarning kelgusida rivojlantirish rejasini hamda mazkur joylarga quriladigan
ob’yektlarning me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishini nazorat qilish
tuman qurilish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
- Urganch tumani va boshqa aholi punktlarining ko‘chalaridan,
shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish
- Urganch tumani va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini, shuningdek
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish mahalliy byudjet
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
- Xo‘jalik avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish ular qaysi yuridik
va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
amalgaoshiriladi.
III. Aholi punktlarining ko‘chalaridan va qishloq avtomobil
yo‘llaridan foydalanuvchilarning huquqlari va majburiyatlari
- Qishloq avtomobil yo‘llari va aholi punktlari ko‘chalaridan hamda ulargaajratilgan mintaqalardan foydalanish:Qishloq avtomobil yo‘llari va aholi punktlari ko‘chalaridan foydalanishO‘zbekiston Respublikasining "Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida"gi qonuniga vayo‘l xarakati qoidalariga amal qilgan holda amalga oshiriladi.
- Qishloq avtomobil yo‘llari va aholi punktlari ko‘chalaridan yuridik
va jismoniy shaxslar foydalanish xuquqiga ega.
- Yo‘l mintaqasidagi yer osti va ustidan o‘tuvchi hamda boshqa inshoot
va kommunikasiyalarni quruvchi yoki ta’mirlovchi tashkilotlar tegishli talablarga
amal qilishlari shart.Aajratilgan mintaqadan unda ishlar bajarish uchun avtomobil yo‘li qaysiyuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, faqat o‘sha yuridik va jismoniyshaxslarning ruxsati bilan foydalanilishi mumkin.
Ajratilgan mintaqaning uchastkalari atrof-muhitni muhofaza qilish va harakat
xavfsizligi qoidalari talablarini ta’minlash sharti bilan servis ob’yektlarini
joylashtirish uchun vaqtincha foydalanishga belgilangan tartibda berilishi mumkin.
- Aholi punkti ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llaridan
foydalanuvchilarning huquqlari:yo‘llardan mutassil, yil davomida, xavf-xatarsiz, erkin va qulay sharoitlardaharakatlanish;aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari sharoitlarito‘g‘risidagi barcha axborotlarni olish;
yo‘llardagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirib
olish;yo‘llarda yo‘l xarakati qoidalariga asosan belgilangan tezlikda xarakatlanish.
15.Yo‘llardan foydalanuvchilarning majburiyatlari:yo‘llar va undagi sun’iy inshootlarga ziyon yetkazmaydigan, harakatxavfsizligi talablariga javob beradigan, texnik jihatdan soz mashinava transport vositalaridan foydalanish;yo‘lga ajratilgan mintaqani ifloslantirmaslik va yo‘lga shikast yetkazmaslik;
yo‘l elementlari shikastlanishiga yo‘l qo‘ygan foydalanuvchilar, belgilangan
tartibda javobgarlikka tortiladi hamda shikastlangan elementlarni va ularni tiklash
ishlari qiymatini qoplaydi;avtomobil yo‘lida transport vositasi qatnovi, yo‘l xarakati qoidalarigaasosanfaqat yo‘lning qatnov qismida, xarakat yo‘nalishi bo‘yicha o‘ng tamondaxarakatlanishiga ruxsat etiladi;yo‘l xarakati ishtirokchilari avtomobil yo‘llarida va yo‘l inshootlarida xarakatxavfsizligiga zid nosozliklar va buzilishlarni ko‘rishganida, bu xaqda yaqindagi yo‘ltashkilotlari yoki ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar berishlari shart.
- Yo‘l bo‘yida amaldagi me’yoriy hujjatlar talablari asosida joylashgan
bozorlar, savdo va xizmat ko‘rsatish va boshqa ob’yektlar bo‘lsa, ulardan
foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar transport vositalari uchun barcha
qulayliklarga ega, kirish va chiqish yo‘llari bo‘lgan maydonlar va transport
vositalarini vaqtincha saqlash joylari bo‘lishini hamda yo‘l mintaqasini toza holda
saqlashni belgilangan tartibda ta’minlashi shart.
- Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari hamda ularning
xavfsizlik mintaqalarida quyidagilar ta’qiqlanadi:avtomobil yo‘llari va ulardagi sun’iy inshootlarni saqlashga va harakatxavfsizligini ta’minlashga taalluqli bo‘lmagan boshqa bino va inshootlarni qurish;yo‘llarga, yo‘l inshootlari, yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlariga, harakatlanishnitashkil etuvchi va boshqaruvchi texnik vositalarga hamda yo‘lga taalluqli boshqanarsalarga ziyon yetkazish;harakatlanish vaqtincha to‘xtatilgan yo‘l qismlaridan transport vositasidamaxsus ruxsatnomasiz o‘tish;asfaltobeton va syementobeton qoplamali yo‘llarda zanjirli transport
vositalarining maxsus himoyalovchi boshmoqlarsiz harakatlanishi,
katta hajmli va og‘ir vaznli, havfli yuklarni tashishda o‘rnatilgan qonunqoidalarga asosan maxsus ruxsatnomasiz xarakatlanishi;podalarni haydab o‘tish, (podalarni faqat belgilangan va tegishli yo‘l belgisiqo‘yilgan joydan haydab o‘tishga ruxsat etiladi) va ularni boqish;qatnov qismi va yo‘l chetini, ko‘priklarni, quvurlarni, ariqchalarni, suvqochirish inshooti (drenaj) qurilmalarini ifloslantirish, yo‘llarga va ajratilganmintaqaga to‘kilib-sochiladigan yuklarni belgilangan idishlarga joylashtirmasdantashish;yo‘nalishlarni ajratuvchi tasmaga barcha turdagi transport vositalariningchiqishi;yo‘l va yo‘l inshootlarini har qanday elementlar bilan, aravalar,texnikalar,materiallar va boshqalar bilan to‘sib qo‘yish, arkalar, shlagbaumlar va boshqainshootlar qurish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish, har xil materiallarnitaxlab qo‘yish, chiqindi va qorlarni uyib qo‘yish;
transport vositalarini ta’mirlash va moylash, yonilg‘i-moylash materiallarini
quyish, yuk ortish va yuk tushirish, yukni boshqa texnikaga ortish va mahkamlash,
tozalash va yuvish (ilojsiz holatlarda ular yo‘ldan chiqib, ajratilgan tasma hududida
bunday ishlarni amalga oshirishi mumkin, biroq haydovchi yoki transport vositasi
egasi shu joyni darhol tozalab qo‘yishi shart);ajratilgan mintaqada hamda ko‘priklardan, yo‘l o‘tkazgichlardanva estakadalardan 200 metrgacha bo‘lgan masofalarda lagerlar, palatkalishaharchalar barpo etish va olov yoqish;
daryolar va anhorlarning ko‘priklari ostida qayiqlar stansiyasi, qayiqlar
to‘xtash joyi va boshqa inshootlar qurish;ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlar ostida va ustida yo‘linfrastrukturasiga bog‘liq bo‘lmagan bino va inshootlarni qurish;daryolardagi ko‘priklardan o‘zan bo‘ylab yuqoriga va pastga qarab 2,5 km.gacha bo‘lgan masofada qum va toshlar olish uchun karyerlar barpo etish;yer sho‘rini yuvish, yo‘l chetidagi ariqchalardan sug‘orish uchun foydalanish,
madaniy qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish, yashil mintaqani sug‘orish kabi ishlarda
avtomobil yo‘llarini suvga bostirish, ajratilgan mintaqani balchiqlantirish;
suv qochiruvchi inshootlarga va zaxira yerlarga kanalizasiya, ishlatilgan
meliorasiya va oqova suvlarni oqizish;yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining avtomobil yo‘llarini kesib o‘tishjoylarini elektr simi uzilib, yo‘l qismiga tushishiga qarshi xavfsizlikni ta’minlovchihimoya qurilmalarisiz qurish.
- Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llariga tutash yer
uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar majburiyatlari:
avtomobil yo‘liga qo‘shiladigan va shoxobcha yo‘llarni texnik jihatdan soz
holatda saqlashlari;ajratilgan mintaqadagi dov-daraxtlarni asrash va saqlashga ko‘maklashishlari;aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari yo‘liga tutashbutalarni parvarish qilishlari va imoratlarni soz holatda saqlashlari;
aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari o‘qidan ellik metrdan
kam bo‘lgan masofada toshlar, shox-shabba, konstruksiyalar va boshqa materiallar
to‘planishiga yo‘l qo‘ymasliklari shart.
- Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llaridan
foydalanuvchilarning yo‘lni balansda saqlovchi tashkilotlar bilan kelishmasdan
quyidagilarni amalga oshirishi ta’qiqlanadi:katta hajmli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish;yo‘llarni kanallar, aloqa va elektr energiyasi uzatuvchi tarmoqlar, neft va gazo‘tkazuvchi quvurlar hamda temir yo‘llar bilan kesib o‘tish;
yo‘llarga qo‘shiluvchi va shaxobcha yo‘llar qurish;
ko‘priklar va suv o‘tkazuvchi quvurlar yaqinida meliorasiya hamda boshqa
maqsadlar uchun daryolar va zovurlarning o‘zanlarini chuqurlashtirish;
yo‘llarga qo‘shilib ketgan shlyuzlar, to‘g‘onlar va boshqa meliorasiya hamda
gidrotexnika inshootlarini ta’mirlash;ajratilgan mintaqada yo‘l axborotiga aloqasi bo‘lmagan reklama, e’lonlaro‘rnatish va joylashtirish;
yo‘llarning chetlarida, yo‘l ko‘tarmalari yoki o‘ymalari qiyaliklarida
joylashgan foydalanishdagi aloqa va elektr energiyasi uzatish, xamda neft va gaz
o‘tkazuvchi quvurlar tarmoqlarini ta’mirlash;ajratilgan mintaqada ruxsatsiz ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish;yo‘llarda sport musobaqalari va ommaviy tadbirlar o‘tkazish;yo‘llardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va quritish maqsadlaridafoydalanish;yo‘llarda transport va piyodalar xarakatiga ta’sir o‘tkazuvchi barcha ishlarniolib borish.
- Yer osti va usti muxandislik kommunikasiyalar yo‘l mintaqasi yoqalab
o‘tkazilishi yo‘llarni balansda saqlovchi vakolatli tashkilotning ruxsati bilan,
amaldagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan qoidalar talablari asosida amalga
oshiriladi. Birorta kommunikasiya tarmoqlarining to‘g‘ridan – to‘g‘ri yo‘l
to‘shamasida joylashtirilishi taqiqlanadi.
- Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari mintaqalarida
servis va infratuzilma ob’yektlarini joylashtirish yilni balansda saqlovchi tashkilot
va tuman hokimligi ruxsati bilan, belgilangan tartibda tegishli idora va tashkilotlar
bilan kelishilib, o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
- Ajratilgan mintaqaning uchastkalari atrof-muhitni muhofaza qilish va
harakat xavfsizligi qoidalari talablarini ta’minlash sharti bilan servis ob’yektlarini
joylashtirish uchun vaqtincha foydalanishga belgilangan tartibda beriladi.
IV.Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llarida transport
vositalarining ruxsat etilgan gabaritlari va o‘qiga tushadigan yuklamalari
- Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llarida transport
vositalarining ruxsat etilgan gabaritlari va o‘qiga tushadigan yuklamalari
umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llariga belgilangan me’yorlarga muvofiq
belgilanadi.
Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari transport
xarakatini vaqtincha cheklash va to‘xtatish holatlari
- Aholi punkti ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llarida transport harakatiquyidagi hollarda vaqtincha cheklanishi va to‘xtatilishi mumkin:
aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari qayta qurish,
mukammal ta’mirlash va ta’mirlashda;noqulay tabiiy iqlim sharoitlarida yo‘llar va uning ayrim bo‘laklaridagikonstruktiv elementlarning ko‘tarish imkoniyati pasayganida va boshqa holatlardayo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda.
- Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llarida transport
xarakati vaqtinchalik cheklansa yoki to‘xtatilsa, yo‘lni balansda saqlovchi
va ta’mirlovchi tashkilot ushbu holat yuzasidan yo‘ldan foydalanuvchilarni
ogohlantirishi shart.
- Yo‘llarda harakatlanishni vaqtincha chegaralash yoki to‘xtatish tegishli
yo‘l tashkilotlari tomonidan, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan
kelishilgan holda amalga oshiriladi.
- Ommaviy tadbirlar o‘tkazish paytida esa yo‘llarda harakatlanishni
vaqtincha chegaralash yoki to‘xtatish uchun tuman hokimining farmoyishi bo‘lishi
lozim.
- Transport harakati vaqtinchalik cheklangan yoki to‘xtatilgan avtomobil
yo‘llarida foydalanuvchilarni nazorat qilish davlat nazorat organlari tomonidan
berilgan vakolatlar chegarasida amalga oshiriladi.
- Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida joriy qilinadigan vaqtinchalik transportharakat cheklovlari:yo‘llarning qurilmaviy elementlari o‘ta namlangan bahor mavsumida;yo‘llar qurilmaviy elementlarining o‘ta yuqori havo harorati ta’sirida yukko‘tarish imkoniyati susaygan yoz mavsumida;
- Bahor mavsumida harakatni vaqtinchalik cheklash amaldagi transport
vositasi o‘qiga tushadigan yuklamani cheklovchi tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish
orqali dalolatnoma asosida amalga oshiriladi.Bahor mavsumida quyidagi holatlarda harakatni vaqtinchalik cheklash joriyqilinmaydi;barcha yo‘nalishlardagi avtobuslarda yo‘lovchilar tashishda;oziq-ovqat mahsulotlari, hayvonlar, dori-darmonlar, yoqilg‘i-moylashmateriallari, urug‘lik fondi, o‘g‘itlar, pochta va pochta yuklarini tashishda;tabiiy ofatlarni tugatish yoki oldini olish yohud favqulodda vaziyatlardakerakli yuklarni tashishda;O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga tegishli transportvositalarining o‘tishida.
- Aholi punkti ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llarini caqlash va
ta’mirlashda yo‘l tashkilotlarining huquq va majburiyatlari
- Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llarini saqlash
va ta’mirlashda yo‘l tashkilotlarining xuquqlari:Yo‘l tashkilotlari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va Favquloddavaziyatlar vazirligining hududiy organlari bilan hamkorlikda noqulay tabiiy-iqlimsharoitlarida, tabiiy ofatlar, yong‘inlarda yo‘llarning yuk ko‘tarish imkoniyatiningyo‘qolishi va boshqa shu kabi vaziyatlarda, shuningdek, tamirlash-qurilish ishlarinio‘tkazishda transport vositalari harakatini cheklash yoki ta’qiqlash hamda bu haqdajoylardagi tuman hokimligini xabardor qilish, avtomobil yo‘llaridanfoydalanuvchilarga ommaviy-axborot vositalari orqali bildirish va tegishli yo‘lbelgilarini o‘rnatish huquqiga egadirlar.
- Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llarini saqlash
va ta’mirlashda yo‘l tashkilotlarining majburiyatlari:tasarrufidagi yo‘llar va ko‘chalar hamda muhandislik inshootlarini sozholatda saqlash va yo‘ldan transport vositalarining muttasil hamda xavfsizo‘tishlarini ta’minlash;
tasarrufidagi yo‘llar va ko‘chalarda muhandislik inshootlarini me’yoriy
talablar asosida saqlash va ular holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar
ishlab chiqish;yo‘llarni va yo‘l inshootlarini qish mavsumida tezkorlik bilan qordan tozalash,muzlamalar oldini olish va yo‘lning ifloslanmaslik choralarini ko‘rish;
yo‘lning nobop bo‘laklari talab darajasida jihozlanishini, kechasi va kunduzi
yaxshi ko‘rinadigan to‘siqlar, yo‘l belgilari va tegishli ko‘rsatkichlar o‘rnatilgan
bo‘lishini, zarur hollarda esa aylanib o‘tish yo‘llarini tashkil etish;
yo‘lning ayrim bo‘laklaridagi xavfli vaziyat va qiyin ob-havo haqidagi
ma’lumotlar bo‘yicha harakat qatnashchilarini o‘z vaqtida ogohlantirish;
yo‘l sharoiti bilan bog‘liq yo‘l-transport xodisalarini doimiy o‘rganib borish,
xodisa sabablarini tahlil qilish va Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan uzviy
hamkorlikda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
halokat sodir bo‘lgan vaziyatlarda u haqda tegishli davlat organlarini xabardor
qilish, jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va tez yordam xizmatini
chaqirish;yo‘l qatnov qismining qurilish materiallari bilan to‘silib qolishiga yo‘l
qo‘ymaslik, ishlamayotgan yo‘l mashina va mexanizmlarini o‘z vaqtida yo‘ldan
chiqarib qo‘yish;avtobus bekatlarida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish maydonlaribo‘lishini ta’minlash, zarur hollarda avtopavilonlar qurish;
haydovchilarning dam olishi uchun belgilangan joylarda transport vositalari
turishi uchun tegishli shart-sharoitlari bo‘lgan maydonchalar tashkil etish;
yo‘l belgilarini amaldagi davlat standartiga asosan o‘rnatish, harakatlanish
uchun xavfli bo‘lgan uchastkalarni zarur to‘siqlar va qurilmalar bilan jihozlash;
amaldagi texnik me’yorlarga asosan avtomobil yo‘llari bilan bir sathda
kesishgan temir yo‘l kesishmalarini saqlash.
- Yo‘l mintaqasi yoki unga tutash joylarda xar qanday ish olib borayotgan
yuridik va jismoniy shaxslar bajarayotgan ishlarini yo‘l tashkiloti va Davlat yo‘l
harakati xavfsizligi xizmatining tavsiya va ko‘rsatmalari asosida belgilangan
muddatlarda tamomlashga va ish olib borayotgan yo‘l bo‘laklaridagi harakat
xavfsizligiga to‘liq javobgardirlar. Ular ish boshlashdan oldin yo‘l tashkilotidan
tegishli ruxsatnoma(order) olishi shart.
- Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joylardagi harakat xavfsizligini
ta’minlash maqsadida yo‘l tashkilotlari tegishli chora-tadbirlar ko‘rishi lozim.
- Ta’mirlash ishlari olib boriladigan yo‘l qismiga ta’mirlashni boshlashdanoldin vaqtinchalik yo‘l belgilari, signallar, konuslar, rangli bayroqchali bog‘ichlar,to‘suvchi va yo‘naltiruvchi moslamalar, ishora ustunchalari, ogohlantiruvchi qizilchiroqlar yordamida to‘sib muhofazalanadi va ta’mirlanayotgan joyni aylanib o‘tishyo‘llari tashkil etiladi.
- Harakatlanishni tashkil etishning texnik vositalari yo‘l ishlari olib
borilayotgan joylarni to‘siqlar bilan o‘rash va mazkur joylarda harakatlanishni
tashkil etish Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan sxemaga
muvofiq amalga oshiriladi.
- Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joylarda ishlar tugallangunga qadar
xavfsiz harakatlanishni tashkil etish mas’uliyati mazkur ishlarni amalga
oshirayotgan tashkilot rahbarlari zimmasida bo‘ladi.
VII. Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari
mintaqalaridagi yerlardan foydalanish
- Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari va yo‘l
inshootlarini joylashtirish uchun ajratilgan mintaqa yo‘llar va ko‘chalar yerlari deb
belgilangan. Yo‘l va ko‘chalar, ular egallab turgan yer davlat mulki xisoblanadi.
- Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari va ular egallab
turgan mintaqa yerlariga yo‘l poyi egallab turgan yer, transport chorraxasi, yo‘l
o‘tkazgich, sun’iy inshootlar, karyerlar, yo‘lga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning
xizmat va yotoq binolari, mintaqadagi dekorativ daraxtlar, buta va boshqa daraxtlar,
yo‘l infrastrukturasiga kiruvchi boshqa inshootlar yerlari kiradi.
VIII. Vakolatli organlar tomonidan yo‘llar va uning mintaqasini
nazorat qilish tartibi
- Yo‘llardan foydalanishda sodir bo‘lgan va transport vositalari
harakatlanishiga to‘sqinlik qiluvchi hamda harakat xavfsizligiga zid kamchiliklarni
tezkorlik bilan bartaraf etish uchun amalga oshiriladigan kundalik nazorat Davlat
yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
- Yo‘llar va ko‘chalarni balansda saqlovchi tashkilotlar Davlat yo‘l
harakati xavfsizligi xizmati bilan yo‘llarini bir yilda ikki marta (bahor va kuzda)
mavsumiy ko‘rikdan o‘tkazib, uning natijasiga ko‘ra chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
Ko‘rik davomida aniqlangan kamchiliklar va noqonuniy qurilishlar yuzasidan
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan tegishli tashkilotlarga yozma
ko‘rsatmalar va tuman hokimligiga taqdimnomalar kiritiladi. Yozma ko‘rsatmalar
va taqdimnomalar olgan tegishli tashkilotlar zudlik bilan, o‘z vakolati doirasida
aniqlangan kamchiliklarni va noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish choralarini
ko‘radi.
- Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llariga tutash
yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilarning
majburiyatlari
- Yo‘llarga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan
foydalanuvchilar:yo‘llarga qo‘shiladigan va shoxobcha yo‘llarni texnikaviy jihatdan sozholatda saqlashlari;ajratilgan mintaqadagi dov-daraxtlarni asrash va saqlashga ko‘maklashishlari;yo‘llarga tutash butalarni parvarish qilishlari va imoratlarni soz holatdasaqlashlari shart.