Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

       Harbiy xizmatchilar, Qoʻriqlash boʻlimi  xodimlar va yoshlar oʻrtasida ot sportining “Ot poygasi” va   “Polo” turlari boʻyicha  Chavandozlar maktabida “Ochiq birinchiligi“   musobaqasi oʻtkazildi.

      Joriy yilning 19 - may kuni Xorazm viloyati, Urganch tumani, Killavut mahallasida joylashgan Chavandozlar maktabida Qoʻshkoʻpir tuman Qoʻriqlash boʻlimi, Qoʻshkoʻpir tuman sport maktabi bilan hamkorligida “Ot poygasi” va   “Polo” turlari boʻyicha “Ochiq birinchiligi“ musobaqasi oʻtkazildi.


 
     Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 - yil 5 - avgustdagi “Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025 - yilgacha rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida”gi  qaroriga  muvofiq musobaqa tashkil etildi.
          Musobaqani ochilish marosimida Chavandozlar maktabi,Qoʻshkoʻpir tuman Qoʻriqlash boʻlimi,Qoʻshkoʻpir tuman sport maktabi rahbar xodimlari soʻzga chiqib ishtirokchilarni ot sportini targʻib qilib musobaqani ochib berdilar .


Musobaqada 1–oʻrinni  Urganch tumanining “Chavandozlar maktabi” jamoasi  egalladilar 
                       2-oʻrinni” Havaskor yoshlar” jamoasi egalladilar
                       3-oʻrinni Qoʻshkoʻpir tuman  “Qoʻriqlash boʻlimi” jamoasi egalladilar .

          Musobaqaning yopilish marosimida  Xorazm viloyati Chavandozlar maktabi Qoʻshkoʻpir tuman Qoʻriqlash boʻlimi ,Qoʻshkoʻpir tuman Sport maktabi ,rahbar xodimlari soʻzga chiqib ot sportini targʻib qilib hamda gʻoliblarga kelgusi musobaqalarda ham muvaffaqiyatlar tilab,gʻolib jamoalarni  tashkilotchilar , tomonidan ajratilgan tegishli diplomlar bilan taqdirladi .
          Musobaqa yuqori saviyada  oʻtkazildi va  oʻtkazilgan musobaqa  ishtirokchilarda,  yanada  ot sportiga kuchli qiziqish uygʻonishiga sabab boʻldi.
          Jami 26 nafar  ishtirokchi, shulardan 3 nafar xotin –qizlar ishtirok  qildilar.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.