Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

2022 - yil 18 - may 499-12-173-Q/22 Urganch tuman hokimligi
Urganch tumanida transport harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida
tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatishga ruxsat berish to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi
Qonunning 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati
to‘g‘risida”gi Qonunning 6, 25-moddalariga muvofiq, 

QAROR QILAMAN:


1. Urganch tumanida piyodalar va transport vositalarining harakat xavfsizligini
ta’minlash, yo‘l transporti hodisalarini oldini olish maqsadida, Urganch tumani
4P159-sonli Urganch-Shovot avtomobil yo‘lining 1-2 km.lar oralig‘iga “Quvib
o‘tish taqiqlangan” yo‘l belgisini o‘rnatishga ruxsat berilsin.
2. Urganch tuman IIB (G‘.Sharipov), tuman yo‘llardan foydalanish unitar
korxonasi (B.Qalandarov) hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi
 (B.Nurmetov) mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan manzilga “Quvib
o‘tish taqiqlangan” yo‘l belgisini o‘rnatilishini ta’minlasinlar va doimiy nazorat
qilish vazifasi yuklatilsin.
3. Mazkur qaror “Urganch haqiqati” gazetasida rasman e’lon qilinsin
va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman e’lon
qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari
A.Xo‘jaev zimmasiga yuklatilsin

 

Urganch tumani hokimi             F.Sharipov