So‘ngi yillarda mamlakatimizda ilm-fan, san’at va madaniyat, axborot texnologiyalari, tadbirkorlik, hunarmandchilik va shu kabi sohalarni rivojlantirish borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu sohalarda faoliyat yuritayotgan iste’dodli, tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” respublika tanlovini e’lon qildi.
Tanlovda 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar:
"Adabiyot va publisistika”
“Tasviriy va amaliy san’at”
“Maqom va milliy estrada” yo‘nalishlarida bellashadilar.


Yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va mas’uliyat xissini yanada kuchaytirish, mamlakatimizda yangi O‘zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarida faol ishtirok etishlarini ta’minlash, ularda izlanuvchanlik, ijodkorlik tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek iqtidorli yoshlarning  faoliyati, erishgan yutuqlarini yurtimizdagi barcha yigit-qizlarga ibrat va na’munaga aylantirish maqsadida Urganch tumanida "Vatan taraqqiyotiga mening hissam!" tanlovi o‘tkazildi.
Ushbu respublika tanlovi Urganch tumanining 11-son Bolalar va o‘smirlar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tdi. Tadbir bir qator idora tashkilotlar bilan qo‘shma qaror asosida o‘tkazildi. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tumani bo‘linmasi, tuman Madaniyat bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman kengashi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati va boshqa bir qator tashkilotlar ushbu tadbirni o‘tkazishda faol hissalarini qo‘shdilar.

Tanlovda tumanning barcha hududlaridan o‘quvchi yoshlar o‘z ijod na’munalari bilan faol qatnashdilar. Har bitta yo‘nalish bo‘yicha hakamlar hay’ati tuzilib, ishtirokchilar haqqoniy va shaffoflik bilan baholanishi ta’minlandi.
Tanlov natijalariga ko‘ra hakamlar hay’ati g‘oliblarni e’lon qilishdi:
“Adabiyot va publitsistika” yo‘nalishi “Nazm nominatsiyasi” g’oliblari:
1-o‘rin    Ibadullayev Shohrux
2-o‘rin    Aminova Gulzoda
3-o‘rin    Masharipova Sarvinoz
“Adabiyot va publitsistika” yo‘nalishi “Nasr nominatsiyasi” g’oliblari:
1-o‘rin    Erkinova Shoira
2-o‘rin    Qutlimuratova Zarifa
3-o‘rin    Durdiyeva Shahnoza

“Adabiyot va publitsistika” yo‘nalishi “Nasr nominatsiyasi” g’oliblari:
1-o‘rin    Odamboyeva Hurshidabonu
2-o‘rin    Bozorboyeva Tursunoy
3-o‘rin    Ro‘zimboyeva Nozima
“Milliy maqom” yo‘nalishi g‘oliblari:
1-o‘rin    Erkinboyev Muhammadali
2-o‘rin    Hayitboyev Ro‘zmamat
3-o‘rin    Shukurullayev Bobur
“Milliy estrada” yo‘nalishi g‘oliblari:
1-o‘rin    Qadamboyev Daston
2-o‘rin    Sultonnazarov Shoxrux
“Tasviriy va amaliy san’at” yo‘nalishi “Tasviriy san’at” nominatsiyasi g’oliblari:
    1-o‘rin    Axmadova Dinora
    2-o‘rin    Sobirova Dinora
    3-o‘rin    Raximova Nilufar
Ko‘rik-tanlovda faxrli 1-o‘rin g‘oliblari:
Ibadullayev Shohrux, Erkinova Shoira, Odamboyeva Hurshidabonu, Erkinboyev Muhammadali, Qadamboyev Daston va Axmadova Dinoralar viloyat bosqichiga yo‘llanmaga ega bo‘ldilar.
Tanlov yakunida g‘oliblar Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tumani bo‘linmasi tomonidan Diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.

 


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Urganch tumani bo‘linmasi mutaxassisi T.Madaminov