Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

 Xorazm viloyati 3-sektor rahbari, viloyat IIB boshligʻi general-mayor D.A.Nazarmuhamedov Urganch tumanida istiqomat qiluvchi bir guruh yoshlar bilan uchrashdi.

Dastlab boʻsh ish oʻrinlari “Mehnat yarmarkasi”da taklif etilgan ish oʻrinlari bilan tanishgan yoshlar oʻzlari uchun maʼqul boʻlgan korxona va tashkilotlar bilan mehnat shartnomasi tuzdilar.

Ishtirokchi yoshlardan kelib tushgan 40 dan ortiq murojaatlarning aksariyati kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish maqsadida imtiyozli kredit ajratilishi bilan bogʻliq boʻlib, ushbu murojaatlar yuzasidan tijorat banklari boshqaruvchilari ijobiy hal etish toʻgʻrisida rozilik berdi. Har bir murojaat va uning ijrosi viloyat IIB boshligʻi tomonidan nazoratga olindi.

16 yoshga toʻlgan besh nafar yigit-qizlarga ID kartalar tantanali ravishda topshirilib, sportning Muay-tay turi boʻyicha Oʻzbekiston chempioni Davronbek Mattiyevga yoshlar oʻrtasida sportni targʻib etishdagi xizmatlari uchun qimmatbaho sovgʻa taqdim etildi.