×
31-май 2024 yil 40

Urganch tumanining sanoat ishlab chiqarishi

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Urganch tumanida mavjud 421 ta sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 391,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Viloyat sanoat ishlab chiqarishida tumanning ulushi 5,5 %ga to‘g‘ri kelgan.Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish yuqori hajmga ega bo‘lgan va 180,6 mlrd so‘mni (46,1 % ulushni) tashkil etgan. Shuningdek, yuqori hajm oziq-ovqat mahsulotlari (76,0 mlrd so‘m), boshqa nometall mineral mahsulotlari (65,5 mlrd so‘m) va kiyim (18,7 mlrd so‘m) ishlab chiqarish yo‘nalishlarida qayd etilgan.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech