×
12-сен 2023 yil 38

Murojaat yuzasidan

     Ruxsat etilmagan joyga reklama vositasi oʻrnatmang!
     Joriy yilning 12-sentyabr kuni "Orzu" va "Hilol" mahallalarini kesib o‘tuvchi yoʻlning ikki tarafiga oʻrnatilgan tashqi reklama vositalari o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20-fevral 2020-yil imzolangan "Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida"gi qarori talablariga xilof o‘rnatilgan hamda eskirgan simyog‘ochdagi ayrim bannerlar olib tashlandi. 

    Tadbirkorlarga “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlar  mazmun-mohiyati yana bir bor tushuntirildi. 
     Bu kabi amaliy ishlar tumanimizda muntazam olib borilmoqda.
     Shu o‘rinda, tadbirkorlarga o‘z mahsulotlarini targ‘ib etishda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishlarini so‘raymiz.
       Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech